Til

Iymon

Fasod qilsin ğanimlar, mayli,

Fasod qilsin ğanimlar, mayli,Ortimizda tarqatsin böhton.Kimning bölsa, botilga mayli,Yolğonlarga uçgay begumon.Ergaşinglar, tuhmat ortidan,Ey közi kör, ey ahli juhhol!Ğiybatlarga çoping yoprilib,Sizlar uçun bu oddiy ahvol.Işingiz na xayr-u saxovat,Sözingizda na ilm-u irfon.Boşqalar taqab şaqovat,Haddidan köp ğofilsiz çunon.Faqat dunyo deya yugurib,Yana ğiybat — sal qolsangiz böş.Har insonni qopib, quturib,Şundan bölak hunaringiz yöq.Sen ularga boqmagil, sevgim,Yuragingga olma ularni.Şunday har xil oğriqni yengib,Sevib yaşa tun-u kunlarni.Odamlarni zoniy, fohiş deb,Ayblaşga öç bölsa birov!Hatto bunday söz aytmasa-da,Yursa doim şunday badxayol,Bunday holdan saqlasin Xudo!Bir haqiqat bordir, quloq osŞunday fe’lga kimki mubtalo –Özi bölgay buzuq va iflos.Men pokdirman, men bundan yiroqDeb qiçqirma, ey jöjaxöroz!Özing bilmay qolasan, Valloh,Şunday çohga tuşganda noxos!Istiğfor ayt, tavbalar ayla,Közyoşingga har kuni çömil.Toki bir kun boşqaça sayrab,Balolarga qolma kömilib!..Bizni keçir, Xudoyi karim,Lutf etmasang, holimiz xarob!..Biz beçora, biz köngli yarim,Taqvo bilan butun qil, yo Rab!Akrom MALIK

2 580marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.