Til

Hikmat

Döst haqida bisyor tavsif-u maqtov,

***Döst haqida bisyor tavsif-u maqtov,Döst göyo yuraging içra çöğ, olov.Ammo tafakkurni bosmasin qirov –Duşmanni unutib qöymagil, öğlon!Yerning yer bölgani hosildan ma’lum,Elning el bölgani yosidan ma’lum.Yigit er bölgaydir orttirib ğanim,Öynasang, qiliç-la öynagil, öğlon!Agar kimman desang, boşingni kötar –Qara, har qadamda ming bitta xatar!Haybating bor erur yovlaring qadar,Böyingni duşmanga böylagil, öğlon!Köngilda döst uçun muhabbat bölsin,Har holda, jismingda mahobat bölsin,Duşmanga yengilmas adovat bölsin,Jang-u jadallardan töymagil, öğlon.Kimdir xanjar urar, kimdir öq otar,Oğuli nayzalar kökrakka botar,Asli duşman döstlar, albatta, sotar,Yovning vahşatidan qörqmagil, öğlon!Ğanim nomard bölsa, özing mard bölgil,Mardlik şarafi-la yovga dard bölgil,Haqning dargohida ğubor, gard bölgil,Haq bölsang, ortingga çekilma, öğlon!Dunyoga egilma, mansabga uçma,Jang deb mingan bölsang, otingdan tuşma.Yor deb azobni quç, rohatni quçma,Faroğat çohiga yiqilma, öğlon!Qiynoq körsang, körgil, yiğlama ammo,Duşmanlar dod desin, tik tur doimo!Hayqirsang, titrasin yetti qat samo,Tubanlar qoşida egilma, öğlon!Duşmanning jonini ayamay suğur,Jasorat yölida sudralma, yugur!Yuzingni hamişa qiblaga ögir,Vahm-u dahşatlarda ingrama, öğlon!Nomingni eşitsa, titrasin yovlar,Sözingdan ming parça soçilsin ğovlar,Safingdan saf olsin yuragi dovlar,Hezim, lattalarni kas bilma, öğlon!Unutgay, yaxşilik körsa haromi,Unga begonadir döstlikning nomi.Yomonning qölida hiylasi – domi,Yomonlik qilganga yengilma, öğlon!Faqat qul unutgay zolimning zulmin,Köklarga sovurgil zulmning kulin!Senga qovuşmoqdan şodlansin ölim,Ölimga şaraflar hadya et, öğlon!Duşman kim? Zolimdir abadiy duşman,Va şayton insonni sanadi duşman,Demak, şayton erur eng katta duşman,Duşmandan abadiy qörqmagil, öğlon!Çin dildan uluğlar xizmatin qilgil,Hamişa yaxşilar oyoğini öp.Va dösting ming bölsa, oz erur, bilgil,Bir dona bölsa ham, duşman erur köp!Akrom MALIK

2 570marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.