Til

Öqişga, yozişga, fikrlaşga va haqiqatni topişga intiladigan har bir yoşning muayyan darajada iste’dodi…

Öqişga, yozişga, fikrlaşga va haqiqatni topişga intiladigan har bir yoşning muayyan darajada iste’dodi… — rasm

Öqişga, yozişga, fikrlaşga va haqiqatni topişga intiladigan har bir yoşning muayyan darajada iste’dodi mavjuddir. Masalan, öqib, özlaştira oladi; topşiriqlarni yaxşi bajaradi; dalillarni yaxşi tahlil qilib, yeçim bera oladi; fikrini oçiq-oydin bayon eta oladi; foydali yangiliklar topa oladi va hokazo. Lekin bu iste’dodlar yetarliça meva bermaydi. Bahorda daraxtlar qiyğos gullaydi, şu gullarning har biri mevaga aylanadi – yoşlarning iste’dodi gul kabidir, ular meva berişi lozim; daraxtlarning gullari meva bermasligi sabablaridan biri – tösatdan qor yoğib, sovuq tuşmoğidir; bu omillar gullarni tökib, meva beriş imkonidan ayiradi. Yoşlarning ham iste’dodlari nima uçun meva bermasligi haqida, aniqroği qanday sabablar bilan ularning sovuq urib ketişi haqida gaplaşamiz. Har qanday iste’dod tarbiyaga muhtoj. Tarbiyasiz yutuqlar imkonsiz. Tarbiya beruvçi murabbiy deyiladi. Har bir yoşga murabbiy kerak. Yoşlar sabrsizdir. Diqqat va e’tiborini jamlaşda qiynaladilar. Köpni körgan, halol va pok murabbiy ilm olişga oid topşiriq bersa, uni şoşilmay, sabr bilan bajariş lozim. Aks holda, vaqt ötadi, ilm bilan ozuqa olmagan inson yutqazadi. Aksar yoşlar tanilişga öç bölişadi. Odamlar meni tanisa, hurmat qilsa deya orzu qiladi. Şu sababli köpçilik jöjaxörozlar ijtimoiy tarmoq orqali şuhrat qozonişga urinadilar. Körişlar soniga qarab, qoniqiş hosil etadilar. Bu kamolot yölidagi eng katta illatdir. Çunki qalbga kirgan şon-şuhrat huzuri qalbdagi xolislik va poklikni ketkazadi. Közga şira bölib tuşadi. Ğaflat zanjiriga boğlaydi. Riyokorlik va ikkiyuzlamaçilikka boşlaydi. Samimiyatdan mahrum etadi. Maqtançoqlikka giriftor qiladi. Gapirişga gap tugagaç, öz hayoting haqida uyalmay gapirişni boşlaysan: yolğiz qoldim, ijtimoiy tarmoq rözasini tutdim va hokazo. Odam öz sirini aytaversa, böm-böş qoladi hamda özini kuçsiz, zaif sezadi. Yoşlar taniqli odamlar bilan tanişmoqqa, ular bilan yaqin bölmoqqa ham urinadilar. Bu ham kasallik. Tanişlarining obrösi bilan özini juda muhim va aqlli deb körsatiş ilinji va eng katta şarmandalik şu. Odamning hayotda ustozi bir kişi böladi. Öşa ustoz tavsiyasi bilan boşqa ustozlarga boriladi. Har kimni ustoz deb etagidan uşlaş imkonsiz. Ustoz degani ham haddan oşmagan, çuqur ketmagan, sayozlikka ötirmagan, balki örtani – me’yorni tutgan zot bölsin. Şunday qilib, sabrli, quntli, şon-şuhratga giriftor bölmagan, kamtar va kamsuqum yoşlarning kelajagidan umid bor. Asosiysi, tanilişga bölgan öçlik olovini öçira olsak, bas.

Akrom MALIK

1 690marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Oltinçi fasl Qaynopa, qayinsingil, ovsinlar va qudalar Kelinning masalasi faqat qaynona yoki qaynota, kuyovtöra bilan bitmaydi: bu yoqda qayin opa, qayin singil degan…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Tahlil

    Uşbu hikoyatni öqib, bir neça holatlarni anglaş mumkin. Eng avvalda odamlar özgarmaganini biliş mumkin. Ya’ni, hikoyatda bir qattiqqöl ustoz bor va buni muallif juda yomon…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.