Til

Tahlil

Uşbu hikoyatni öqib, bir neça holatlarni anglaş mumkin. Eng avvalda odamlar özgarmaganini biliş mumkin. Ya’ni, hikoyatda bir qattiqqöl ustoz bor va buni muallif juda yomon sifatlar bilan ifodalaydi hamda uni tanqid qiladi. Ammo uning haybati hikoyatda boş mavzulardan biri bölib turibdi. Hozirgi zamonda ham şu voqelikni körişimiz mumkin. Bu hikoyatdagi asosiy e’tibor bolalarning ta’lim va tarbiyasiga qaratilgan. Ya’ni, hikoyat asosan şu mavzuning atrofida birlaşgan, deyişimiz ham mumkin. Çunki aynan şu hikoyat "Gulistoni turkiy" asarining yettinçi bobi — tarbiyaning ta’sirida kelgan. Yana bir dalil — hikoyatda kelgan ikki şe’r. Şundan biliş mumkinki, ajdodlarimiz bolalarning ta’lim va tarbiyasiga qattiq e’tibor berişgan. Yana bir asosiy e’tibor beradigan joyimiz — hozirgi kunda ta’lim tizimimiz böyiça maktablarda eng köp muhokamalarga va mojarolarga sabab bölayotgan voqelik bu — öquvçilarda ustozning haybati bölmasdan, öqituvçilar bilan yoqa olişişib, ular bilan urişişgaça borişidir. Hikoyatdan biliş mumkinki, ustozning haybati bölganda, öquvçilar majbur bölib ham öqişadi. Ustozning haybati ketdi, ilm oliş ham töxtadi. Ustozning haybati böladigan bölsa öquvçi ustoziga qöl kötariş u yoqda tursin tik ham qaray olmaydi. Va aynan şu ajdodlarimiz qoldirgan tarbiya hisoblanadi. Hikoyatda muallif qattiqqöl ustozning örniga halim va köngli oçiq ustoz kelganda, bolalarning ilm öqimay qöygan joyini nozik ifoda qiladi. Ya’ni, solih ustozning özini halim, köngli salim deb yaxşi sifatlar bilan maqtaydi. Sababi, agar maqtalmasa, solihlikka nisbatan yomon tuyğu paydo bölişi mumkin. Çunki solih ustoz kelib, bolalarning ta’limi yomon tomonga özgardi. Yana bir bilişimiz mumkin bölgani — hozirda ayrimlar da’vo qilayotganidek, musulmonlar qizlarini öqitmaydi, degan da’volarning botil ekanligini körişimiz mumkin. Hikoyatda öğil bolalar bilan birga qiz bolalar ham zikr qilinadi.

Sulton NIZOMIDDIN

1 600marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Beşinçi fasl Kuyovbola va uning qayinyurti Hurmatli kitobxon sezgan bölsa kerak, oiladagi har bir holatni batafsil şarhlaşga va özgarmas qoidalarni zikr qilişga…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.