Barqaror va beqaror
Bir savol örtaga çiqib qoldi: beqaror odamning sifatlari qanday böladi? Tajribadan kelib çiqib aytildiki, beqaror odam vaziyatni töliq hisobga olmay qaror qiladi. Söng tezda u qarordan voz keçadi, yangi töxtamga keladi, ammo uni ham töliq amalga oşira olmaydi.
Beqaror odam şoşqaloq böladi va har qanday holatda eng birinçi bölib fikr bildiradi. Fikrim töğri bölsin deb emas, tinimsiz gapirib turişim kerak deb öylaydi.
Xulosa va yondaşuvlari aniq asoslarga suyanmaganligi uçun boşqalardan öz fikriga qarşi fikr eşitsa, tezda özgaradi, eng qiziği, bu örinda ham unga berilayotgan fikrlarning asosli ekanligiga qiziqmaydi, balki hissiyotli ohangda, baland ovozda, tahdid bilan yoki maqtov bilan unga qandaydir fikr aytilsa, yetarli – öşa tomonga ötib oladi.
Asosli, hujjatli va töğri fikr aytilsa ham, qaysidir vaqt qörquv yoki hayajon ustunlik qilsa, avvalgi qaror va ahdining çegarasidan öq yoydan çiqqandek çiqadi va eski aytganiga teskari iş ham qilib yuboraveradi.
Boşlagan işini heçam oxiriga yetkazmaydi, qiziği, har qanday yaxşi işga katta qiziqiş bildiradi, zavqlanadi, tarafdor böladi, yeng şimarib kirişadi, lekin juda tez hafsalasi pir böladi va öşa işni ölda-jölda qoldiradi.
Beqaror odamni kayfiyati boşqaradi, u kayfiyatini boşqara olmaydi. Beqaror odamdan sodiq döst, sirdoş, uzoq yölga boradigan yöldoş çiqmaydi. Beqaror odamdan qoçiş va undan uzoqda turiş kerak. U bilan hamkorlik qiliş mumkin emas. Heç qaçon aytilgan vaqtda aytilgan iş bölmaydi. Beqarorlarning eng xunuk kasali – özini xuddi muhim iş ustida yurgandek körsatişlaridir.
Ular keçagi döstlarni bugun oğiz köpirtirib yomonlaydilar, berilgan yordam va kömaklarni unutadilar va beqarorlardan heç qaçon katta iş qolmaydi.
Barqaror odam sabrli, şoşilmaydigan, yetti ölçab bir kesadigan, natijalar uçun şoşmaydigan, belgilab olgan maqsadi yölida har kuni işlaydigan, har kim bilan gaplaşavermaydigan, har kimning gapiga qarab qaror qilmaydigan, salga qarorlarini özgartirmaydigan, bir işni tugatmay turib, ikkinçisiga ötmaydigan, qörquv yoki hayajon, çarçoq yoki kasallik sababli vazifasini unutmaydigan, biror marraga yetiş yölida, yiqilsa, yana örnida turadigan, yana yiqilsa, yana harakat qiladigan, maqsadidan voz keçmaydigan, döst tanlaşdan şoşmaydigan, döst tanlagaç, uning katta-kiçik nuqsonlariga sabr qiladigan, u nuqsonlar tuzalişi uçun kuraşadigan, qisqasi, izidan qaytmaydigan arslon, sözidan qaytmaydigan yigitdir.
Inson beqaror bölsa, buni yengolmasa, biror barqarorga ergaşmoği kerak. Barqarorlar beqarorlarga ibrat böla oladi. Kasalligini muolaja etadi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.