Mumtoz oila
ÖN OLTINÇI BOB
ÖN OLTINÇI BOB AJRAŞIŞ
Bu bobda qalam suriş oson keçmadi. Çunki masala juda nozik. Risolani yozişdan maqsadimiz ajraşişlarning oldini oliş va oila mustahkamligiga erişişdir. Şu sababli ajraşiş mavzusida söz oçiş juda mas’uliyatli böldi. Hayot şunday şafqatsizki, biz oilalarni har qança ahil va inoq bölsin desak-da, ajraşişlar sodir bölmoqda. Demak, ajraşiş sabablari va oqibatlari haqida muayyan ilm hosil qilmoğimiz kerak. Toki ajraşişga zamin hozirlamaslik uçun. Dastavval qaysi sabablar zuhur qilsa, ajraşiş haqida öylaş mumkinligini tahlil etsak. Agar ayol eriga muttasil duşmanlik kayfiyatida yursa, uning mol-mulkiga ziyon-zaxmat yetkazaversa, sabr qilişning imkoni qolmasa, muayyan çoralar köriladi. Köpni körganlar, el boşida yurganlar hozir heç bir oila ovqat yöqligi, qaşşoqlikdan ajraşmayapti, aksinça, töqlikka çiday olmay ajraşmoqdalar deyişmoqda. Albatta, ajraşiş amaliyotini butkul taqiqlaş mumkin emas, şuningdek, ajraşiş tarğiboti, ya’ni muammoning yeçimi er-xotin orasidagi nikoh tugunini yeçib yuborişdadir degan taşviqot ham aql va mantiqqa, asosiysi, maqsadga ziddir. Qolaversa, er va xotinlar orasida muammo paydo bölsa, u qanday şaklda bölişidan qat’iy nazar, unga jismoniy-moliyaviy çoralar bilan barham beriş ham töğri körinmaydi. Mazluma ayollar haqlarini himoya qilamiz deya kör-körona qonun va qoidalar işlab çiqib, uni jadallik bilan jamiyatga tatbiq qiliş közlangan natijani bermaydi. Aslida, qanday natijani közlayotganimizni ham bilib olişimizga zarurat bor.
“Eringga qul bölma, özing bölib qol, sen çöri emassan, orzularingga eriş, sen bola tuğadigan inkubator emassan, qaynonaga xizmat qiliş majburiyati mavjud emas” hamda şu kabi gaplar qançalik biryoqlama va xato bölsa, “Gah deganda, xotin qölga qönsin, xotinning biror aytgan gapini qilma, xotinni qayirib ol” deganga öxşaş safsatalar ham mutlaq tuzuk gap emas. Maqsad – er va xotin sakiynat içida, halovat bağrida yaşab, bolalarni dunyoga keltirib, insoniyat hayoti boqiy qolişi uçun hissa qöşiş; olamda odamiylikni saqlab qolib, rahmat va şafqatni keng yoyişdir. Agar er-xotin halovatli yaşamasa, ajraşadi; har bir ajraşiş ikki tomonda ham çuqur jarohat qoldiradi; farzandlar bölsa, ularning ruhiy kemtikligi bir taraf, ammo axloqiy tanqislik içida ösadi, yetarli axloq olmagan bola kelajakda noqobil amallar qilguvçi böladi. Xudo körsatmasin, nikohsiz tuğilgan bolalar bölsa, ularning köp tomondan nuqsonli bölişi ehtimoli katta. Bu ham yaxşi va qobil tarbiyaning yöqligi bilan boğliqdir. Ota-onasiz ulğaygan, ota va ona tarbiyasini töliq körmagan bolalar hissiy beqaror, ruhiy majruh, mas’uliyatsiz bölib qolişlari köp kuzatiladi, ayniqsa, ular orasidan jinoyatçilar ham köp çiqadi. Jamiyatda noqobil xulqli va hissiy buzuq odamlar miqdori qança köpaysa, umumiy hayot tarzi şunça buziladi – halol va harom, insof va diyonat qolmaydi; odamlar orasida vahşiylik, riyokorlik, ikkiyuzlilik, sotqinlik va jamiyki buzuq illatlar gurillab avj oladi. Natijada, insoniyat hayoti xatar ostida qoladi – ma’nan va jisman buzilgan nasllar qirilişni boşlaydi, bu öz-özidan sodir bölmaydi, avval jamiyat qarib ketadi – qariyalar soni oşadi, yoş işçi kuçi bölmaydi, köpayiş kamayadi, kasalliklar natijasida, şuningdek, hissiy va aqliy rivojlanmagan, xulqiy va madaniy tarbiya olmagan odamlar turli jinoyatlar, avtohalokatlar bilan ölimni ziyoda etadilar. Ya’ni qarilik, xastalik, tuşkunlik va ölim köp, yoşlik, salomatlik, kötarinkilik va yaşaş kam. Bu hol sekinlik bilan odamzodning jisman qirilib ketişiga yöl oçadi. Şunday ekan, oilani saqlab qoliş hamma jihatdan öta muhimdir. Oilada er-xotin uruşib qolsa, darrov birga yaşamayman, ajraşaman deb öylay boşlaşi, şuning uçun harakat qilişi fahmning ötmasligidandir, bunga ularni rağbatlantiriş esa ayni xiyonat sanaladi. Aksinça, er-xotin hamma muammoni taşqariga isini çiqarmay özlari hal qilişsin, bu örinda ular bir-birlariga sabr qilişlari, ayniqsa, er xotinning tuyğuga berilib, har narsalar deyişiga toqatli bölişga majbur. Zotan, xotindagi tuyğuning ustunligi aqliy muşohada va mantiqiy xulosani zaiflaştirib yuboradi. Ba’zan qizlar adaşib giyohvandga erga tegib qoladi; ba’zan erkak jaholatga qul bölib, umuman tuzalmagan holda xotiniga tinimsiz zulm qilişi mumkin; ba’zan xotin bezbet va surbetlarça erning qonini içişi, erga işonmasligi, erning mol-mulkiga ongli ravişda ziyon keltirişi, erning obrösini muttasil ravişda tökişi, erning hurmatsiz qilib, xorlaşi, heç bir nasihatni – na yaxşi, na yomon gapni olmasligi mumkin. Ha, şunday xotinlar bor: erining mulkini asramaydi, erining topganini sovurib, uni har tomondan qiynaydigan xotinlar köp. Ular erning issiq-sovuği bilan qiziqmaydilar, ular xudbin va badbindirlar. Ana şunday holda ajraşiş sönggi çora bölişi mumkin. Bunda ham kişi mustaqil qaror bermasin. Heç qanday vahima (panika)larsiz, kimnidir yerga urişlarsiz bosqiçli işlarni qilişi lozim: 1. Xotin kişi holatdan uluğlarni xabardor qiladi. Uluğlar – ota-ona, toğa-amakilar – erni nasihat bilan ogohlantirişadi. Bu nasihatlar bir neça marta davom etadi. Xotin heç bir zulmga javob bermaydi, faqat zulm töxtamasa, ota-ona yoki aka-ukasi boşçiligida ajraşiş harakatini boşlaydi, bunda imom xatiblar yordamiga tayanmoq ma’qul. Hamma birdek kelişib ajraşiş qarori olinsa, obröga zid işlar, johilona harakatlar qilinmaydi – sokinlik ila öşa iş qilinadi. 2. Agar xotin gapga kirmasa, uzun vaqt nasihatlar qilinadi; keyin u bilan töşak alohida qilinadi; keyin xona alohida qilinadi; yana uzun muddatlar beriladi; xotinga adabsizliklar oqibati yaxşi bölmasligi bosiqlik ila qayta va qayta tuşuntiriladi; xotin heç tuzalmasa, zararkunandalik va şalaqligini qöymasa; tilini beş qariç qilib çaqaversa, istixoralar qilinadi muloyimlik ila oxirgi qaror beriladi. Agar farzandlar bölsa, ularga vaziyat aytiladi: “Biz endi onang bilan birga yaşay olmaymiz, şekilli...” – deyiladi. Bolalar ham aqlli, ular şu çoqqaça hammasini kuzatib kelayotganlari uçun hammasini yaxşi tuşunişadi. Eng asosiy qoida – er bölsin, xotin bölsin, ajraşsalar, zulm va jaholatsiz, sokin va xotirjam holda bu işni qilişlari şart. Şariat ulamolaridan söralsa, ular taloqning bid’at va sunnat turlarini tuşuntirib beradilar. Şunga köra, sunnatga oid raj’iy taloq ila ajraşiş tavsiya etiladi. Bid’at va boin taloqdan saqlangan yaxşi. Bu sokin va muloyim usul erni ham, xotinni ham tarbiyalab qöyişi mumkin. Xotin şalaqi va tarbiyasiz bölsa-sa, bu qadar muloyimlik uni insofga keltirişi, tavba qilişi ham ehtimoldan xoli emas, natijada, qayta nikoh öqilişi va oila tiklanişi heç gap emas. Başarti, unday bölmasa, ikki tomon ham bolalar haqqiga rioya etişlari, ularni ota-onadan bahramand bölişlariga, kerakli tarbiya olişlari şaroit qilişlari kerak, bolamni körsatmayman degan gaplar ötaketgan nodonlik böladi. Ikki tarafga bölinganlar keyin öz qarorlarini özlari berişadi, özlari yoqqan bu olovda uzoq vaqt yonadilar. Şu sababli aytamizki, hatto quşning uyasi buzilmasin! Xudoyim hamma oilalarni mustahkam qilsin va heç bir oilada ajraşiş degan söz heç qaçon eşitilmasin! Oilani ba’zan taşqaridagi johillar ham buzişga intiladilar, ulardan ehtiyot böliş, ajraş deydigan har qanday odamdan uzoqqa ketiş şartdir. Unday odam yo odam qiyofasidagi şayton, yo şaytonga qul bölgan badbaxtdir. Ularga Xudoning la’nati yoğiladi. Sabrning eng gözali – er-xotinning bir-biriga sabr qilişi va bir-birining mayda xatolarini keçirib yuborişi, unça-munça nuqsonlarga köz yumişidir.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.