Gunohkorga maktub
Kel, hamdard. Sen bilan bir dardlaşaylik. Azizim, men farişta emasman. Farişta bölişga da’voyim ham yöq. Qop-qora tuproqdan yaralgan odamning zurriyodiman. Ustiga-ustak, aslim biram badböy va yoqimsiz suvdan. Boşqalarni ayblaş va gunohkorlardan nafratlanişni ahli zuhdga qoldiramiz. Ular bu işni qoyillatişadi. Ular sen bilan meni şarmandayi şarmisor qilişni, aybu gunohlarimizni olamga yoyib, malomat mağzavasini ustimizdan ağdarib, iloji bölsa, olomonni töplab, avval ur-kaltak, sur kaltak qilib, keyin toşböron qilişni juda xohlaşadi. Peşonada şu bölsa, köramiz. Endi biz ahli zuhd va ahli taqvo bölgan ul şarif zotlar singari aslzodayu sohibi karomat emasmiz, ular kabi onadan hozirgina tuğilgan gödakdek pok-pokiza emasmiz, aksinça, usti-boşimiz axlat, balçiq, zulm najosatiga qorişgan beçoralarmiz. Ahli taqvoga minbarlarni beraylik, ular qolallohu va qola Rasululloh deb lazzatlansinlar. Ahli zuhdga ziyofatlar töri va davralar taxtini topşiraylik, va’zu nasihatlar qilib, mastu mustağraq bölsinlar! Ul sohibi karomatlarga olomonning çuvillaşib çopişiyu, etagu yelkalarini tavof qilişni qoldiraylikki, bundan çeksiz bir yengillik ila osmonlarda parvoz etsinlar. Bizga oyoqosti va ostonalar bölsin, poyabzallarga qorişib yotaylik. Bizga xarobotu vayronalar tegsin, örgimçak törlariga öranib uxlaylik. Közimizga kişilarning bigiz barmoqlari sançilsin, ta’nayu daşnomlari, yuzlarini nafrat ila çirt burib, sen ham odammisan deya ötişlari bölsinu, biz ğarib bölgan köyi indamaylik. Zotan, bu olamning soxta bayramlariyu yasama haşamatlarining qaysi bir haqiqatdan darak beradi? Kimning savobu tavbasini Xudoga ma’qul deb ayta olasanu, qaysi gunohu isyonni mardud deya olasan? Xudo sajdaga qöyilgan qaysi peşonalarni jahannamga hukm qilişiyu, qaysi tuğyonkor va osiylarni jannat ila siylaşidan aniq xabaring bormi? Siymolaridan haybatu salobat yoğilganning ibodatlarini rad etib, borliqlaridan ma’siyat lovullab, har bir kunlari isyonning zulmatida ötgan beçoralarning gunohlari rahmati ilohiy ila siylansa, kimning haddi siğadiki, bu xato demoqqa! Maxluqlar közidagi biror martaba Haqning rahmatiga kafolatnoma bölmas ekan, yaratiqlarning tilidagi qaysi tahqir jahannamning yöllanmasi deb ayta olasan?! Ey gunohkor! Bir guruh odamlar safarga çiqdilar. Yöllari ajib gulzoru boğlardan ötdiyu, ittifoqo, qop-qora va sassiq bir botqoqqa duç keldilar. Hammalari şu botqoqqa quladilar. Botqoqdan bir amallab çiqib, biroz yurardilar-da, yana balçiqqa botardilar. Botqoqning narigi tomonidan çiroyli kiyingan boşqa odamla ularning ustlaridan kular, yordam berişni istamas va yordam bersak, balçiqlari tegadi deya jirkanardilar. Bu holdan balçiqqa çökkanlarning dillari vayron bölur edi.
Şunda ularning içidan biri yaxşilik ham, yomonlik ham Xudodandir, ey Xudoyim, bizni bu botqoqdan qutqar deb qattiq iltijo qildi. Şunda Xudo uning diliga umid va quvvat soldi. U barça botganlarga aytdiki, hammangiz bir-biringizning qöllaringizni mahkam uşlangiz! Şu tariqa botqoq içida bir zanjir paydo böldi. Bir-birlarini mahkam tutgan beçoralar balçiqdan qutulmoqqa urinardilaru, yana yiqilar edilar. Bu azobga çiday olmay yiğlardilar, lekin baribir yana döstining qölini tutar edi. Ularning yiğlaşlari, yuzlarigaça loyga botgani, oğizlari balçiqqa tölayotganlari sal tepada ketayotgan ozodalarning nafratini qözir edi. Özlaring aybdorsanlar, senlar şu balçiqxörlikka munosibsanlar deb ularga qarab tupirişar va öz yöllaridan qöşiq aytib, kuylab davom etardilar. Botqoq içidagilarga ham çeksiz azoblardan söng baxt kulib boqdi: ular sohilga yetdilar. Birma-bir balçiqdan çiqdilar. Lekin hammalar juda sassiq edilar. Yuz-közlariga aslo qarab bölmas edi. Şunda osmonni bulut qopladi. Botqoq çetidan ötib şu yerga kelganlarni qayğu bosdi: hozir sel yoğsa, yöllar loy bölib, biz loyda qolamiz-ku! Ha, sel yoğdi. Sel balçiqqa belangan hamma odamni yuvdi. Ularning vujudida bir zarra kir qolmadi. Ular yalangoyoq holda manzilga rohat va şavq ila yugurdilar. Botqoq çetidan kelganlar esa yomğir sababli paydo bölgan kölmak va loylardan irganib, egnilari ular istamagan şaklda kirlanib ketaverdi. Ey gunohkor!
Hikoya mohiyatini tuşundingmi? Qöy gulistonda kayf surganlarni öz hollariga! Közlarini haromdan tiygan ul ahli zuhdga boqma, sen özing kabi gunohkorga qara. Men ham sening bir turingman. Ul sohibi karomatlardan biror yordam kutma, sen özing kabi xarobot ahllariga yondaş. Işon, albatta, bu balçiqdan çiqamiz, işon, yoğadigan yomğir bizni top-toza qilib qöyadi. Özi top-toza böliş heç narsani hal qilmaydi, Xudoning rahmatidan kesilma, Xudodan qahridan xotirjam bölma. Xudo meni gunohlardan poklamaydi deya umidsiz bölmoğing Xudoning rahmatini öz işlaringdan kiçik körişingdir. Xudo gunohlarim uçun jazolamaydi deya xotirjam bölişing öz qilmişlaringni Xudoning qahridan katta bilişingdir. Ikkisidan ham Alloh panoh bersin! Men seni gunohdan qutqarmayman, faqat ertami, keç, bu botqoqdan çiqişingga işon! Senga yordam beradigan bir qöl uzatiladi, juda tez orada! Faqat çekinma, öşa umid sari, öşa umidga yetaklaydigan yöllar sari yur.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.