Til

Har kun tongda biror matn e’lon qilib turilgan edi, lekin ayrim işlarga vaqt ajratilişi zaruratidan bu…

Har kun tongda biror matn e’lon qilib turilgan edi, lekin ayrim işlarga vaqt ajratilişi zaruratidan bu… — rasm

Har kun tongda biror matn e’lon qilib turilgan edi, lekin ayrim işlarga vaqt ajratilişi zaruratidan bu matnlarga sarflanadigan daqiqalarni tejaşga harakat qilindi, ammo bugun bir fikr kelib qoldiki, Allohdan yordam sörab yozişga kirişildi. Ölim kelmasidan avval ölingiz deydilar. Bu degani ölim kelmasidan avval ölimga tayyor turing: yaxşi amallarni köpaytiringiz, yomon işlarni töxtatingiz degani. Irfoniy ma’nosi Haq taolo yöliga çiqdingmi, bu yölda keladigan aziyatlarni ölik kabi qabul qil, dod-voy qilma demakdir. Ölgan odamni kömişadi. Qabrga joylab, döst-u duşman tuproq tortib qaytadilar. Eng sevgan odam ham qabrga sen bilan birga kömila olmaydi. Ölgan odam ham özini şunday his qilişi kerak ekan: farzandlar, döst-u yoronlari indamay, balki ayriliqdan heç qanday azob çekmay ketib qolişayotganligini bilib, ölik gördan boş kötarib, ketmangizlar deya oladimi? Yo kimningdir etagidan tuta oladimi? Albatta, yöq. Ölimdan avval ölsang, qabrga kirişdan avval kirsang, seni kim tark etsa ham, şunday bölasan. Böldi. Tamom. Kuyinma. Ketgan odam seni qabrga qöydi. Endi ortga qaytmaydi. Qabrni heç qaçon oçib, seni tiriltirib olaman deb öylamaydi. Ölik uni kömganlarni malomat qilmagani kabi ketganlarni sen ham malomat qilma. Tiriklarni öz holiga qöy. Sen öz hisobingni kut... Ketganlardan rozi böl. Hayotni körding-ku, qançalik iztirobli, heç kimga bu iztiroblarni ravo körma. Bildingki, gunohkorlar bisyor, ketganlarni gunohkor bölişini emas, savobdor bölişini xohla. Bildingki, olam ğofillarga tölib toşgan, ketganlarni huşyor bölişini ista. Bildingki, dunyoda şaytonning döstlari behad köp, ketganlarga Allohning döstligi nasib aylasin! Sendagi gunoh sababli ular ketgan bölsalar, şodlan, qanday ham pokiza odamlar ekan ular! Nazdingda, ular yanglişayotgan bölsalar, u holda kuyinmoq neçun?! Yagona ayblari seni tark etganlarimi? Bu ayblari uçun ularni qaysi mahkamaga tortmoqçisan? Astağfirulloh! Ular oçiq yuz ila ketmasalar-da, sen oçiq yuz-la qol. Ular şirin söz ila tark etmagan bölsalar, sen şirin söz ayt. Dunyo bunday adovatlarning joyi emas va umr bunday ğamlarga sovuriş uçun berilmagan. Ey azizlarim! Könglingiz keng, xotiringiz jam, yaxşiliklar döst, baxtingiz bekam-u köst bölsin! Siz eng töğri tanlovni qildingiz. Eng töğri işni qildingiz. Siz yaxşisiga loyiqsiz. Allohga omonat bölingiz!

Akrom MALIK

4 700marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Gunohkorga maktub

    Kel, hamdard. Sen bilan bir dardlaşaylik. Azizim, men farişta emasman. Farişta bölişga da’voyim ham yöq. Qop-qora tuproqdan yaralgan odamning zurriyodiman. Ustiga-ustak, aslim…

    4 daqiqa

    HAQIQATDAN ÇALĞIMA

    Hayotda eng töğri yölni tanlaşga intiliş insonga xosdir. Qilayotgan işlarining qaysidir jihati xato va nuqsonli ekanligini his qilib yaşaş oğir. Aslida, öz amallarini taftiş…

    2 daqiqa

    ÖN BEŞINÇI BOB

    OILADA IBODAT Ibodat inson ruhining quvvati manbaidir. Ibodatsiz insonning ruhi zaifdir. Ibodat Egasi huzurida bandaning boş egişi, özini xatarsiz va xotirjam his qiladigan…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.