Til

Mumtoz oila

YIGIRMANÇI BOB

YIGIRMANÇI BOB — rasm

YIGIRMANÇI BOB

OILADA BAYRAMLAR

Bayram hayotning ajralmas qismi. Xudoning Özi insonlar xursandçilik qilişlari uçun muayyan kunlarni ajratib bergan. Bu kunlarda jism mutlaqo ozor çekmasligi uçun röza tutiş ham bu kunda taqiqlangan. Ya'ni biz hayit bayramlari haqida gapiryapmiz. Bayramlarni yaxşi nişonlaş kerak.

Bayramning mohiyati şodlaniş, şodlik ulaşişdir. Şodlikning eng kattasi bu – diydordir. Bayramda oila a'zolari dunyoning qaysi joyida bölsa ham, qanday muhim işlari bölsa ham, ota-ona huzurida hozir bölişlari maqsadga muvofiqdir.

Bayramda hamma bir-biriga qandaydir darajada sovğa hozirlaşi çiroyli amal.

Albatta, hadyalarning eng yaxşisini ota-onaga, söng bolalarga qilmoq kerak. Şuningdek, ustozlarni ham bayramda, albatta, eslaş şart. Bu kun ginalar unutiladi, kayfiyat tuşirilmaydi, hamma bir-biriga kulib qaraydi, çiroyli qilib dasturxon tuzaladi.

Bu kunda xursandçilik qilişni, şöx-şodon holda yurişni, jazolarni bekor etişni har kim öziga vojib qilib olişi kerak. Bayram kunida heç kim bir-birini xafa qilişi va bir-biriga yomon söz aytişi tugul, olaygan köz bilan qaraşi taqiqlanadi. Buni katta gunoh deb biliş lozim.

Şunda hamma yoqni bayramona kayfiyat qoplaydi. Qalblardan hayotning taşvişlari ketadi. Mehr va muhabbat, yaxşilik va ezgulik odamlarni birlaştiradi.

Bayram körmagan inson bir umr baxtsiz yaşaydi. Bolalar bayram körişlari şart, hatto uruş bölib turgan vaqtlarda ham odamlar bayram qila olişlari lozim.

Ayrim holatlarda ölim bayram kuniga töğri kelsa, aza va motamdan söng, qolib ketgan bayramni bir qança vaqt ötkazib nişonlab olgan ma'qul.

Bayram kuni onalar bolalarini urmaydilar, otalar jazolamaydilar, hamma faqat yaxşi gap bilan bir-birini alqaydi. Duolar qilinadi. Tabassumlar ulaşiladi.

Bayramda hammasi bayramona bölsin – hamma yangi kiyimlarini kiyib yasansin. Bayram kuni heç bir iş bilan qayoqqadir borişga, masalan, dökon yoki bozorga çiqişga majbur bölmaslik uçun narsalarni oldindan olib qöyiladi.

Şunda hamma bir-birining diydoridan bahramand bölib, köngillar mehr va muhabbatga qonadi.

Albatta, baryam bahona içilik içiş mumkin emas, çunki uning oqibati hamişa yomonlik olib keladi. Isrofga yöl qöyilmaydi, ovqatlar uvol qilinmaydi, haddan oşilmaydi, gunoh va ayb sanalgan işlardan hamma yiroq turadi.

Bayram hayot uçun kuraşişni, yaşaş uçun işlaşni oson qilib beradigan bir vositadir. Dillarni bir-biriga payvand qiladigan va ginalarni haydaydigan bir vasiladir.

Akrom MALIK

2 160marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    ÖN TÖQQIZINÇI BOB

    OILADA ÖLIM VA MOTAM Ölim har kimning peşonasida bor. Köz yumib oçgunça umrning sönggi qoşimizga keladi. Pişgan mevalar qanday tökilsa, biz ham şunday tökilamiz. Huzurlar oğriqqa,…

    4 daqiqaMumtoz oila

    ÖN SAKKIZINÇI BOB

    BEVALIK VA IKKINÇI TURMUŞ Eri ölgan xotin, xotini ölgan er – ikkisining nomi beva deyiladi. Şuningdek, erdan ajragan xotin, xotinini qöygan er ham bevadir. Bu sözga ma'nodoş…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Firibgarlar hiylasi

    Erkak kişi aldanib qolişi uning şa’ni va darajasi uçun munosib emas. Çunki erkak degani bu eng avvalo farosat, aql va hikmatni uyğunlaştirgan inson demakdir. Farosati va aqli…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.