Til

Mumtoz oila

ÖN TÖQQIZINÇI BOB

ÖN TÖQQIZINÇI BOB — rasm

ÖN TÖQQIZINÇI BOB

OILADA ÖLIM VA MOTAM

Ölim har kimning peşonasida bor. Köz yumib oçgunça umrning sönggi qoşimizga keladi. Pişgan mevalar qanday tökilsa, biz ham şunday tökilamiz. Huzurlar oğriqqa, lazzatlar azobga aylanişi bor haqiqatdir. Kimdir bu hayotdan köproq lazzat olib qolişga urinadi, kimdir köproq bahramand bölay deydi. Har qanday boylik va martaba, izzat va hurmat, kuç va qudrat ölim bilan yuzlaşadi. Tetik yurgan qadlar kamon böladi, tiniq turgan yuzlar somon böladi. Çaraqlagan közlarni tuman bosadi, köngilni entiktirgan qomatlar qovjiraydi. Musulmon odam ölim bilan hammasi tugamasligini biladi, aksinça, ölimdan söng hammasi boşlanadi.

Musulmon odam ruh atalgan xilqat tanani tark etgaç, közga körinmaydigan abadiy makonda hayotning davom etmoğiga işonadi. Musulmon odam ölikning jismini ham, ruhini ehtirom qiladi. Şundan kelib çiqib, oilada motam va ta'ziya işlari taşkillaştiriladi. Odamning ölişi ma'lum bölsa, oğziga suv tomiziladi. Yaqinlar unga qarab ötirgan holda iymon kalimalarini aytadilar. Jon berişi aniq odam boşida Yosin surasi öqiladi.

Odam jon bergaç, közlari yumiladi, oyoqlar juft qilib ixçam qilib boğlanadi, iyagi yumşoq mato – römolça boşi bilan qöşib tanğib qöyiladi, söng xabar beriladi. Ötgan odam haqida xabar berilganda öldi deb emas, olamdan ötdi, qaytiş qilibdi, bandalik qilibdi, bandalikni bajo keltiribdi kabi jumlalar işlatiladi.

Yöqotişga uçragan oila darhol qarindoşlar va döstlar yordami bilan örab olinişi kerak. Yuvğiç, janoza öqiydigan inson hamda görkov masalasi tezda hal qilinadi.

Oilada kimdir ölgaç, albatta, boşqa insonlarning qalblariga huzun va ğamning kelişi tabiiydir. Yaqinini yöqotgan insonning heç bir tuki özgarmay turişi mumkin emas. Albatta, musibatning Xudodan ekanligini qabul qiliş iymonning talabidir. Boşqaça bölişi e'tiqodga aslo töğri kelmaydi. Lekin yaqin bir insoning tuproqqa kirarkan, ayriliq sababli içingdan nimadir çirt etib uziladi, özingni muallaqa bir holda sezasan. Bir tomondan ajraliş iztirobi, bir tomondan öşa ölimga sen ham öziga ekaningni his qiliş odamni ma'yus qiladi. Ölim nafasini yuzlaring sezadi va birdan sukutga tuşasan.

Musulmon odam öz dardini olamga doston qilmaydi, lekin iç-içidan nima ötişini özi yaxşi biladi. Xonadonda şunga yaraşa bir muhit yuzaga keladi: ölik çiqqan xonadonda hamma piçirlab gaplaşadi; heç kim ovoz bilan kuliş u yoqda tursin, tabassum qilmagani yaxşi; televizor yoqilmaydi, internetga kirilmaydi, marhumning hurmati qilgan holda sukut saqlanadi, marhumning haqqiga tahlil, tasbih, istiğfor kabi zikrlarni aytilib, savobini bağişlanadi.

Ta'ziya sözi aziyatdan kelib çiqqan. Motamsaro xonadonga kelgan ta'ziya bildiradilar: ötgan odam haqida yaxşi gaplar aytiladi, gözal xalqlari zikr qilinadi, Xudo sabr bersin, hammamizning boşimizga tuşadigan iş, ötganlarni Alloh rahmatiga olsin deyiladi.

Azaxonada dunyo sözi aytilmaydi, zaruratdan ortiq gapirilmaydi, qöni-qöşnilar ham bu qoidaga qat'iy amal qiladilar. Bir safar bir yomon voqeaga guvoh bölgan edik: keça bir inson bir uyda olamdan ötgani holda qöşnisi bugun danğillama töy qildi, bir tomonda hamma ta'ziyaga kelar edi, ammo bu tomonda maşşoqlar vanğillatib soz çalar, otarçilar baqirib aşula aytar edi. Huzun egalariga qilingan bunday adabsizlikni qanday söz bilan ta'riflaşni hamon bilmayman.

Aza kayfiyati uç kun saqlanadi. Şu kunlarda, xalqimizning urfiga köra, ölik çiqqan uyda ovqat ham qilinmaydi. Qöşnilar ovqat olib çiqişadi. Olov yoqib, ovqat pişiriş ayriliqdagi inson diliga siğmaydi.

Uç kun davomida işga borilmaydi. Hamma uyda ötirib marhum haqqiga zikrlar aytadi, Qur'on tilovat qiladi, nafl namoz öqiydi va savobini bağişlaydi, şuningdek, ta'ziyaga kelganlarni qabul qiladi.

Motam çoğida haddan oşiş, baqirib yiğlaş, yuzni tirnaş, ovoz çiqariş heçam yaxşi iş emas. Har qanday holda odam haddan oşmasligi va özini qölga olişi kerak.

Ölimning qayğusi katta, ayriliq yuki undan katta, bu ikki alam oilaning har bir a'zosining qalbini kuydiradi, mana şu paytda kelib ta'ziya bildiriş, köngil söraş öta jiddiy işdir. Qança köp odam ta'ziya uçun kelsa, şunça yaxşi – qayğuni yengiş oson köçadi.

Oilani tark etganlarni unutmaslik lozim. Har bir inson ötgan marhumlarni eslaşi, doimo ruhlariga savoblar bağişlaşi kerak. Bu işni har kuni bajariş lozim. Ötganlarning yaxşi işlarini yoşlarga aytib, ibrat qilib körsatmoq gözal işlardan sanaladi.

Ğam insonga xosdir. Ğamga insonning özi yakka qarşi kuraşmoği juda qiyin. Şu sababli heç qaçon ayriliqqa uçragan döstlaringizni yolğizlatmang. Har qanday vaziyatda ham işlaringizni taşlab oldiga boring, yonida turing, ğami yengillaşmoği uçun harakat qiling. Ba'zan sözlar emas, harakatlar kifoya qiladi.

Hazrat Oyişa onamiz roziyallohu anho aytadilar: "Ifk voqeasi böldi. Butun olam közimga qoronğu edi. Şunda bir kampir meni körgani keldi. Heç bir taskin söz ayta olmadi, lekin yonimga ötirib rosa yiğladi. Yillar ötdi, lekin şu kampirning menga hamdardligini heçam unuta olmadim". Hamdard bölgan insonlarga şon-şaraflar bölsin! Ularning qalbini Xudo qayğudan saqlasin!

Insonning taşqi qiyofasiga qarab, bunda hammasi yaxşi ekan, kuymayapti deb öylaydigan befarosatlarga haqiqiy odam kabi kuyiş va örtaniş nasib aylasin!

Akrom MALIK

1 940marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    ÖN SAKKIZINÇI BOB

    BEVALIK VA IKKINÇI TURMUŞ Eri ölgan xotin, xotini ölgan er – ikkisining nomi beva deyiladi. Şuningdek, erdan ajragan xotin, xotinini qöygan er ham bevadir. Bu sözga ma'nodoş…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Firibgarlar hiylasi

    Erkak kişi aldanib qolişi uning şa’ni va darajasi uçun munosib emas. Çunki erkak degani bu eng avvalo farosat, aql va hikmatni uyğunlaştirgan inson demakdir. Farosati va aqli…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.