Mumtoz oila
ÖN SAKKIZINÇI BOB
ÖN SAKKIZINÇI BOB
BEVALIK VA IKKINÇI TURMUŞ
Eri ölgan xotin, xotini ölgan er – ikkisining nomi beva deyiladi. Şuningdek, erdan ajragan xotin, xotinini qöygan er ham bevadir. Bu sözga ma'nodoş sifatida tul sözi ham qöllanadi.
Har qanday er yoki ayol jufti halolidan ayrilgaç, turmuş qurişi uning uçun yaxşidir. Albatta, yolğizlikning maşaqqatiga çidaş qançalik oğir bölsa, er-xotinlik yukini kötariş ham unçalik yengil emas. Bu ikki holni tenglaştiriş u qadar töğri körinmaydi – oila qurmaslik natijasida inson naslsiz qoladi, farzandsiz ötadi, natijada, umrini yolğizlik va ozurdalik ila yakunlaş xatari uni ta'qib qiladi. Oila qurgan odamga Xudo bir yaxşi baxt ato qilsa, ya'ni kimki erning sassiği va xotinning aççiğiga çidasa, mehr-oqibatli farzandlar ulğaytirib, ularning guldek çiroyli, oftobday çaroğon çehralariga boqib, qalbining surur va şodlikka tölişi bor.
Yolğizlikdan köra oila quriş afzal körinadi.
Kimdir yolğiz yaşaşni istasa, şayton va nafsning qutqulariga yakka holda doş berişi ança qiyin. Şuningdek, yolğiz boşga malomat toşi köp yoğadi.
Oila quriş naslning uzilmasligiga bir sabab, şuningdek, oxiratga zaxira qilişning imkonidir. Yaxşi farzand tarbiyalay olsa, inson iymoni bilan ölsa, farzandning har yaxşi amalidan unga ajr boradi. Albatta, yomon amalidan ham ozorlanişini istisno qiliş mumkin emas. Peşona bölib, insonning umr yöldoşi ölsa yoki ajraşsa, biroz muddat ötkazib, xayolini jamlab, hayotini yangidan qurişni boşlamoği maqbul. Ammo bevalik davrida odam özini mahkam tutgani yaxşi. Er bölsin, ayol bölsin, juft izlayman deb özini obrösiz qiladigan işlarga qöl urmasin.
Toparmon-tutarmon erga, hayo va iffatli, rözğorparvar va sadoqatli xotinga hamişa jufti halol çiqadi. Aksinça, yengiltak va qoş-közini böyab, özini bozorga soladiganlarning bozori kasoddir – unga tarbiyasiz odamlarning barçasi fohişaga qaragandek qaraydi. Şu sababli ersiz ayollarning er izlab har ötgan erkakka suzilmay, özini mahkam uşab ötirişi maqsadga muvofiq – albatta, uni qadrlaydigan biri keladi.
Bevalarni malomat qilişdan atrofdagilar saqlanişi, imkoni bölsa, yaxşi juftga röpara qilişi kerak. Albatta, bu TVda yoki radioda, yoki telegram kanalida menga er yoki xotin kerak deb e'lon ber degani emas. Bu uslub hamiyat va iffat qabul qilmaydigan uslubdir, bugun ayrimlar qöşmaçilikning mana şunday virtual yölini tanlab, tirikçilik qilayotgan emiş. Bizningça, esi bor odam bunday arzon va past tijorat bilan qorin töydirmaydi, bola boqmaydi. Hamiyatli va iffatli er yoki xotinlar ham bunday rastalardan öziga ega izlamaydi.
Beva ayolning kattalari – ota-onasi, amaki-toğasi, amma-xolasi, aka-ukasi himoya qilişlari kerak. Uning issiq-sovuğiga qaraş, yaxşi sovçi çiqsa, boş-qoş bölib izzat bilan uzatişlari lozim.
Beva erning yaqinlari bekor turmay, mahalladan öziga pişiq, iffatli ayollarni suriştirib topib berişlari darkor.
Taqdir bölib, oila qurgaç, agar ögay bola tarbiyalaş zimmaga tuşsa, bu mas'uliyatni şaraf bilan ado qilgan yutadi. Ikkinçi bor turmuş qilgan er ham, xotin ham his-tuyğuga berilmay aql va vazminlik bilan iş tutişlari talab etiladi. Ular bir-birlarini avaylaşlari, bir-birlariga zulm qilmasliklari, ayniqsa, xotinlar makrdan saqlanişlari, şirinsöz bölişlari maqbul. Çunki ular yoş bola emas, bir marta qurilgan oila buzilgan yoki ölim sodir bölgan, demak, şukur va sabrni uşlamoq kerak. Ularning yaqinlari ham er-xotin bir-biriga payvand bölib ketişlari uçun xoh moddiy, xoh ma'naviy yöl bilan kömaklaşmoqlari yaxşi iş.
Heç qaçon ögay bolaga zulm qilmang, yetimni xörlamang, şuningdek, ögay farzandlar ham ota yoki ona ortidan paydo bölgan ögay ota-onani xor qilmasinlar. Balki ularni ham öz ota-onalari kabi izzat qilsinlar.
Boşi bir marta devorga urilgan er-xotinlar yana devorga boş urmasinlar.
Agar xotin erdan çiqib erga tegaversa, er ham xotin olib, xotin qöyaversa, bu uning şa'ni uçun ham, şarafi uçun ham yaxşilik emas. Er-xotinlik eng avval, sabr va hilm demakdir. Muhabbat keyin keladi.
Bugun qonunda ikkinçi xotin masalasida ijobiy gapiriş taqiqlangan. Unga tarğib jinoyatga tenglaştirilgan. Şu sababli biz köpxotinlikni tarğib qilmagan holda aytamizki, agar ayollar öz ixtiyorlari bilan kimgadir ikkinçi xotin bölib tekkan bölsalar, özlarini kamsitilgan sezmasinlar. Har bir nikohning Xudo huzuridagi maqomi bir xildir. Erga sadoqat va muhabbat ila itoat qilsinlarki, Xudo har qanday sabrning mukofotini gözal qilib beradi.
Xususan, qaysi bir erki, mardlik qilib, ikkinçi bir xotinni öziga nikohlab olgan bölsa, u ham bu maşaqqatga çidab bersin. Ikki xotinni har tomonlama teng tutsin va ayollarga zulm qilib, Xudoning oldida ham gunohga qolmasin.
Ikki yoki undan ortiq xotin oliş er kişi uçun jiddiy yukdir. Uning oğriq va azobi köp. Bu dunyoda bu işning azobi ulkan, şunga qarab oxiratdagi tergov va jazoni tasavvur qiliş mumkin. Çunki xotinlari orasida adolat qila olmagan erkak qiyomat kuni bir tomoni şol bölib tirilar ekan.
Şu paytgaça xotinni köpaytirgan insofli erkaklarning heç biri bu işni boşqaga tavsiya qilmagan. Ammo unutmaslik kerakki, maşaqqat qança katta bölsa, inson unga matonat bilan çidab bersa, mukofot ham şunga muvofiq keladi.
Sözimizning asosiy xulosasi şuki, inson har qanday holda, u er yoki xotin bölişidan qat'iy nazar, oilani asrab qoliş uçun kuraşsin. Har bir odamning xayolida qanday tadbir qilsam, qanday xulq egasi bölsam, oilam tinç va mustahkam turadi degan öy va taşviş yursin.
Faqat ahmoqlar oilaning qadriga yetmaydi va faqat johillar oilasining poydevoriga bolta uradi va faqat razillar birovlarning oilasiga daxl qilib, buzişga urinadilar.
Akrom MALIK



Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.