Til

Firibgarlar hiylasi

Firibgarlar hiylasi — rasm

Erkak kişi aldanib qolişi uning şa’ni va darajasi uçun munosib emas. Çunki erkak degani bu eng avvalo farosat, aql va hikmatni uyğunlaştirgan inson demakdir. Farosati va aqli noqis hamda hikmatsiz odamgina aldanişga mahkumdir. Aldaniş beçoralik emas, ahmoqlik deyiladi. Kişi qançalik pokdil bölmasin, yolğonçi va kazzob, makkor va firibgarlar borligidan ogoh bölsin.

Şayton insonga dağallik bilan emas, şirin söz bilan keladi. Timsoh öljasini tutiş uçun tönkadek körinadi.

Firibgar odam kim? Birovning pulini qanday hiyla yöli bilan bölsa ham tortib olib, şu pul bilan qorin töydirib, kiyim kiyişni, bolalarini boqişni rejalaştirgan isqirtdir. Talonçi kuç bilan tortib olsa, makkor makr bilan olib qöyadi. Firibgar ham, talonçi ham bu işni aniq reja bilan bajaradi. Har bir puli bor uning uçun öljadir.

Firibgarlar avval öljani tanlab olişadi. Firibgar mayda toifaga mansub bölsa, öqigan, soddadil, mehnatkaş, ayni paytda laqma va biroz qörqoq va zaif odamlarni nişon etadilar. Agar firib bobida yuksak natijalar kasb etib, şon-şuhrat qozonib, baland-baland çöqqilarga çiqqan bölsalar, katta-katta puldorlarni çuv tuşiriş uçun, balki ularni muttasil ravişda soğib yuriş uçun tör taşlaydilar.

Laqmalar ham ikki xildir: puli kam, mehnatkaş va sodda laqma hamda otasi topgan pul evaziga “boy” bölib qolgan laqma. Ota hayotning turli bolğalaridan yeb, toblangan, ammo öğil tayyor şaroitda maza qilib ösgani uçun na kuraşçan, na qat’iy, na farosatli – tuzoqlarga eng köp şu laqmalar ilinadi. Mehnatni ota qilgan – katta bir kompaniya qurgan, öğil unga puldorning öğli bölgani uçungina ega çiqadi, bunday laqmaning burnidan ip ötkazib, istagan köyiga solişni istaydigan uddaburon firibgarlar har qadamda mingta. Bozorda ham bunday firibgarlar sanoqsiz – çirigan pomidorini siz istagan kilodan urib qolib sotsa!

End firibgarlarning hiylalarini taftiş etamiz.

Birinçi qadam – işonçga kiriş. Buning uçun beçora hamda mehribon rejimida işlaşadi. Özi kasal, bolasi kasal, oilasi juda qiyin ahvolda, lekin yana juda ham pokdomon, ibodatli, yumşoqdil – bay-bay, qip-qizil avliyo! Xullas, özini farişta suvratida taqdim etadi. Oqibatda, laqmaning işonçini zabt qiladi.

Ikkinçi qadam – oz-ozdan qarz söraydi. Masalan, yuz ming. Falon vaqtda qaytaraman deydi va şu vaqtda opkeberadi. Şu bilan xuddi qarz olmaydigan odamdek yuradi. Söng birdan paydo bölib, endi ikki yuz oladi. Şu tariqa kam-kam qarz oladi, lekin har safar qarz miqdori oşadi. Qarz olişga majburligini şunday asoslaydiki, dissertatsiya himoya qilayotgan doktorant öz işini şunçalik asoslay olmasligi aniq.

Uçinçi bosqiç – uzoq vaqtlik tadqiqot qilib, firibgar sizdagi moliyaviy quvvatni bilib oladi hamda öşa miqdorda sizdan qarz söraydi. Şunday söraydiki, qaytariş kuni, hatto qandaydir foyda, qarzni qaytariş uçun asoslar – hammasi aniq va ravşan hisoblangan böladi. Siz qanday qilib unga pulni berganingizni bilmay qolasiz. Şu bilan firibgar qanot qoqmasdan uçib ğoyib böladi. Uni endi topolmaysiz. Vassalom. Lekin strateg firibgarlar puldorlarni doimiy ravişda sörib yurişadi. Bu xili juda tulki.

Şunday bitta firibgar bor, Qirğizistonda Öşda yaşasa kerak. Shvetsiyami, xullas, 2004-yilda bölsa kerak, Yevropaga qoçib ketib, fuqarolik olgan Muqim Mahmudning kuyovi. Muqim aka ham undan allaqaçon yuz ögirgan. Bu bolaning ismi Rahimjon Ali. 2021-yil yozda kelib, menga xotinim ölyapti qarz ber degandi. Laqmalik bilan Rustamjon domladan ön ming AQŞ dollari oberganman. Öşandan beri u yöq. Bir narsa qilib, bosim bilan 2 – 3 mingi olindi. Lekin qolganini yeb hazm qilib yuborgan. Holbuki, öşa pul yetimlarning puli bölgan, Rustamjon domla yetimparvarlik faoliyati bilan şuğullanardi öşanda.

Xullas, rahimjon alidek orsizlar juda köp. Uning uyiga odam yuborgandim, Öşga. Borib kelganlar aytişdi: heç narsasi yöq qaşşoq ekan. Şunday yöllar bilan odamlarni aldab pulini yeb yurarkan.

Gapning xulosasi şuki, şarafli odam muhtoj qolgani haqida aytmaydi, oğriğini duşman yoki yotga bildirmaydi. Dardini oşkor qilib yordam söraş esa aslida, mardonalik va asolatga ziddir.

Özini beçora körsatgan tilançi odam kamida kazzob firibgar bölib çiqişi heç gap emas.

Siz ehson qilişni istasangiz, asl muhtojlarni özingiz izlab topib bering. Lekin laqmalar safiga qöşilib qolmang.

Akrom MALIK

1 940marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    ÖN YETTINÇI BOB

    YETIMLAR Tasavvur qiling: bir guruh bolalar çuğurlaşib öynamoqda. Ovozlari bilan olamni boşiga kötaradilar. Nimalarnidir talaşadilar, öz-özidan sakraydilar va hokazo. Ammo ular…

    3 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.