Til

Maktabning vazifasi faqat ta’lim bilan çeklanişi biryoqlama natijaga olib keladi. Tarbiyani uyğunlaştiriş…

Maktabning vazifasi faqat ta’lim bilan çeklanişi biryoqlama natijaga olib keladi. Tarbiyani uyğunlaştiriş degan gap ham mujmaldir. Ta’lim va tarbiyaning maqsadi aniq şaklda belgilab olinişi şart.

Bola ertaga katta odam böladi.

Bola ertaga uyning, sulolaning, pirovardida, jamiyatning egasiga aylanadi.

Bola hayot maydonida qanday harakat qilişni bilişi kerak.

Yaxşi va yomonni, oq va qorani, past va balandni ajrata olişi kerak.

Bola olamda yovuz, ayyor, soxta, qat’iyatsiz kaslar borligini bilişi lozim.

Bola nafs va şaytondan keladigan yomonliklardan ogoh bölmoği şart.

Bola köngilni oğritmaslikni, sadoqatni, tafakkur va tadabburni, jasorat va qörqmaslikni örganişi darkor.

Bolaning qöliga hayotning xaritasi berilişi, undan qanday qilib foydalaniş örgatilişi kerak.

Bolaning yarim kuni maktabda keçadi.

Bolaning butun koinotdagi tillolardan qimmat vaqti maktabda ötadi.

Ammo u maktabni bitirganida hayot haqida heç narsa bilmaydigan böyi baland, ovozi dörillargan bir zehniyat sifatida namoyon böladi.

Eng qiziği, u maktabni bitirganda murosa, hikmat, vazminlik, mas’uliyat, işlarning oqibati haqida öylay olmasligi uning hunarsiz va dangasa, betgaçopar va öyinqaroq ekanligi bilan proporsional keladi.

Yana u durustgina yolğonçi, durustgina makkor hamdir.

Maktab faqat ta’lim bersa, hatto tarbiyani bersa ham maqsad hosil bölmaydi.

Maktab ODAM yetiştirib bersin.

Harflar, raqamlar yoki formulalar, voqealar yoki yillarni yodlagan vunderkind emas, balki ODAM ulğaytirsin.

Bu odam hayotda yaşaş nima ekani haqida, heç yöqsa, dastlabki ma’lumotlarning egasi bölsin.

Qölida 3 – 4 ta hunar bölsin.

18 yoş bu gödaklik emas, harqalay.

Aks holda, maktablar öz vazifasini bajara olmaydigan, şunçaki, bola umrini isrof etuvçi, uning 12 yilini tutqunlikda uşlab turuvçi joy bölib qolaveradi.

5 300marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.