Yiqilganingda tur deydigan odaming bormi?
Yiqilganingda tur deydigan odaming bormi? Qayğu seni egallab olganida hammasi yaxşi böladi deydigan-çi? Seni zulmatlardan çiqariş uçun çin dildan kuraşadigan kimdir mavjudmi hayoting sahrosida? Bayramlarda oş yeydigan; birga qahva içadigan; işi tuşsa yöqlaydigan; qarz söraydigan, yordamlaringdan iştaha ila istifoda qiladiganlar emas, sen uçun ğam çekadigan, hamdard böladigan heç kas bormi?.. Katta ehtimol bilan YÖQ degan javob aytasan. Çuqurroq öylasang, şafqatsiz javob şu. Bor deb öylayapsanmi? Borlarning iz qoldirmay ketişlariga hayotning özi guvoh qiladi seni. Şul bois, atrofingni töldirgan şişadoşlaringga işonma, ya’ni ularga suyanaman deb öylama. Senga suyanişlariga izn berişing mumkin, lekin ularga suyanma. Suyanma, yiqilib tuşasan. Tutib qoladigan odaming yöq bu olamda. Agar bölsa… demak sen ham, u ham insoniyat içida öta noyob, haddan taşqari noyob toifadansizlar. Sizlarning qiymatingiz yöq. Qolganlarning hammasi erigan ma’danning köpiklari bölsa, siz ma’danning özisiz. Lekin bunday bölişi uçun sadoqat, yillar va sinovlar kerak.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.