Uluğlarning şunday ögiti bor: "Komil xulqlarni ön qismga bölsak, töqqiz qismi tağofuldan iborat”.
Uluğlarning şunday ögiti bor: "Komil xulqlarni ön qismga bölsak, töqqiz qismi tağofuldan iborat”. Tağoful – bilib-bilmaslikka olmoqdir. Ya’ni atrofdagi insonlarning xatolari, johilona xatti-harakatlarini körib, körmaslikka, bilib, bilmaslikka olasiz. Ulardan köz yumasiz. Buning bir qança sabablari bor. Ayrimlarini keltiramiz: 1. Insonga xatosini aytsangiz, hamişa ham uni töğirlamaydi, balki örtada noqulay vaziyat yuzaga keladi. 2. Xato johillikdan yoki ojizlikdan sodir bölayotgan bölişi mumkin. Johillik, ya’ni bilmaslik sababli qilingan xato ilm bilan barham topadi. Ojizlik bu özini idora qila olmaslik, ğazab yoki hissiyotga yengilişdir. Insonlarning hammasi ham ğazab va hissiyotni yengişga qodir emas. Demak, bu yerda muolaja ğazab va hissiyotni yengişga yetadigan içki bir quvvat hosil qilişdir. Bunday quvvati yöq odamga dakki beriş ayni paytda töğri bölmaydi. 3. Inson nasihatni qabul qilmoği uçun ikki holat yuzaga çiqişi kerak: 1) nasihatga muhtojning qalbi erib, nafsi siniq holda bölişi kerak, şunda uning quloğiga gap kiradi, öylaydi; 2) nasihat qiluvçi kuçli ta’sir sohibi bölmoği şart, u nasihat qilişning eng töğri va qulay usullarini qöllaşda mohir bölsin. Şunda nasihat meva beradi, yöqsa, sözlar behuda ketadi. 4. Ayrim insonlar mutlaqo johil va maraz bölib, ular muqaddasotlarni mensimaydilar, şul bois ularga heç qaçon ma’noli söz aytilmaydi; mol va eşakka “çuh” hamda “işşş” yoki “ixxx” degan sözlar kifoya qilganidek, unga u biladigan luğatda gapiriladi. Imkon bölişi bilan bunday marazlardan qoçib, uzoqlaşiladi. 5. Nasihat uzun sözlar bilan emas, mehr va muhabbat, amal va ibrat bilan köproq hosil beradi. Kimnidir tuzatişni istagan şaxs öşa odamga mehr berişi, uni keçirişi va xatosini özi anglaşi uçun vaqt berişi lozim. Yo Haq, ajabmas, natija bölsa. Har bir yaxşi narsa sabr ortidan keladi. Johillarga sabr sizni ham, ularni ham köp ovoragarçilikdan xalos etadi: siz sözni isrof qilmaysiz; u sizga e’tiroz bildirmaydi. Darvoqe, dilingizni oğriqlardan, kayfiyatingizni tuşib ketişdan saqlayman desangiz, harakat qiling: sizni xafa qiladigan joydan, odamlardan çin qalbdan uzoqqa keting; sizni ranjitadigan sözlar aytilmasligi uçun intiling; eng asosiysi, yomon öylarni haydab yuboring. Özingiz uçun sokin va xotirjam muhit hosil qiling. Şoyad, şunda axloqimiz himoyalansa; sihhatimiz omon qolsa; köngillar qon, özimiz xafaqon bölmasak; aks holda, quvvatimiz ketadi, bahosiz daqiqa va nafaslarimizni foydasiz janjal, dilxiralik va qayğuga sarflab yuboramiz. Ğiybat, özgalar hayoti, işi, gunohi, savobi, yutuq va mağlubiyatlari suhbatimizni kirlamasa, nur ustiga nur bölur edi. Öz hayotimiz şu qadar tartibli bölib qoldimi, ki boşqalarni muhokama aylasak?! Imkon qadar, xuşnud yaşaylik, azizlarim.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.