Oylik berişning hikmati haqida ayrim haqiqatlardan söylasak, foydali bölsa, ajab emas, inşaaAlloh.
Oylik berişning hikmati haqida ayrim haqiqatlardan söylasak, foydali bölsa, ajab emas, inşaaAlloh. Rahbar, u qanday joyda bölmasin, xodimlarning kayfiyati va fe’lini bilib turişi kerak. Ya’ni muomala va amrlar şunga muvofiq bölişi lozim. Yangi, ya’ni tajribasi oz yoki tajribasi bölmagan yoş işçilarga olti oysiz baland miqdorda oylik berib bölmaydi. Sabablari quyidagilardar: 1. Yoşlarning aksarida pul sarflaş ilmi yöq. Ya’ni ular pulni kerak öringa sarflaşni bilişmaydi, ular pulni keraksiz hoyu havaslarga sovuradilar. Ularga beriladigan oylik maoş ham şu tariqa isrof bölib ketadi. 2. Pul sarflaş ilmi ta’lim bilan birga tajriba orqali hosil böladi. Ya’ni pulini öylovsiz sarflagan jöjaxöroz ertaga muhtojlikka tuşib, boşi devorga urilgaç, "Eee, pulni sal öylab, yon-verimga qarab sarflaşim kerak ekan-ku!" — deb xulosa qiladi hamda pulni eng zarur örinlarga işlatişni örganadi. Oyligi kamroq bölsa, bu masalada tejamkorlik mahorati oşadi. 3. Muayyan vaqt davomida muhtojlik inson uçun zarur. Muhtojlik ösişning omilidir. Muhtojlik aqlli inson uçun hikmat va quvvat manbaidir. Ya’ni oqil yigit muhtojlik orqali muhtojlik sabablarini örganadi, unga tuşmaslik çoralarini anglaydi, muhtojlarni his qiladi, muhtojlarga qanday va qay şaklda yordam beriş kerakligi haqida ilmi amaliy hosil etadi. 4. Kamroq oylik olib işlayotgan yigit sabr va sadoqat bobida sinovdan ötadi. U boşliqning hikmati va marhamatiga, adolati va tajribasiga işonadi, yetişmovçiliklarga sabr qilib, sadoqat bilan öz işxonasi va rahbariga xizmat qiladi, bu esa uning iqboli uçun, işonçga kirib, katta xizmatlar qilişi, pirovardida baraka va yaxşi iqboli uçun yöl oçadi. 5. Puli kam odam uzoq muddat şu holda qolarkan, pulning kamligi uning yaşaşi uçun qiyinçilik tuğdirmasligini tuşunadi. Ayrim narsalarni bölmasligi hayotga nuqta qöymasligini xulosa qiladi. Pul hamma narsani hal qilmasligini tuşunadi. Pul u istagan paytda öz-özidan emas, mehnat, malaka, şijoat va sabr orqali Xudo iroda qilgan vaqtda kelişini çuqur anglaydi. 6. Yoş işçi işxonada işlarkan, dastavval öz sohasida amaliyot ötaydi, ya’ni dastlabki davrda eng muhim tajriba va ilmlarni, malaka va könikmalarni hosil qiladi, bu borada unga işxona – maktab, boşliq – ustoz vazifasini bajaradi, u ozgina oylik olib, köp işlaş bilan ana şu maktab va ustozning haqqini ado qiladi. 7. Yoş işçi köp işlab, kam oylik olarkan, fidoyilik va matonatga erişadi, halol mehnatning mohiyatini tuşunadi, kelajakdagi baraka ana şu halol ter bilan paydo böladi, yoş işçi mehnatdan keladigan rizqning qançalik şirin va qadrli bölişini butun borliği bilan anglaydi. Umuman olganda, bu masalada köplab hikmatlar bor, şu sababli hurmatli yigitlarimiz, öz örnimni topmadim deya ösişim kerak deb işdan işga sakraşlari töğri emas, bu ularga betayin degan yorliq yopiştiradi; modomiki, boşliq insofli, diyonatli, halol ekan; işxona odamlarga foydali xizmat qilayotgan bölsa, foydali mahsulotlar berayotgan bölsa, demak, şu yerda qoliş kerak, faqat bu narsalarni işga kirişdan avval bilib, şubhalardan xoli böliş talab etiladi. Bu ilmni mukammal bilib oling, özingizga çuqur singdiring, bu söz ham boşliqlarga, ham xodimlarga tegişli. InşaAlloh, manfaatini körasiz. Mana şu ilm bölmagani uçun işçilarda tayin yöq, rahbarlar qiynalgan, işlayman degan yoşlar ham maşaqqat çekkan... Yana ular internetni töldirgan "motivator aqltoylar"ning ösiş uçun qulay muhit izla degan safsata hamda javraşiga aldanib yurişadi. Sözimizni qisqa qildik, çunki bu borada batafsil qilib kitob yoziş mumkin.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.