Til

Mumtoz oila

BIRINÇI BOB

BIRINÇI BOB OILA HUKMDORI — OTA

Birinçi fasl Otaning maqomi

Otaning maqomi heç qaçon bahs qilinmaydi. Ota oilaning rahbari. Uning sözi — söz. Uning ra'yiga qarşi boriş mumkin emas. Uning biror amri yerda qolişi mumkin emas. Ota sözlaganda hamma sukut qiladi va uni tinglaydi. Ota ğiybat qilinmaydi. Otaning ustidan çaqimçilik qilinmaydi. Ota olib bergan narsalar ehtiyot qilinadi. Otaning döstlari döst, duşmanlari duşman köriladi. Otaning aka-ukalari — amakilar ota kabi hurmat qilinadi va ularga itoat etiladi. Otani ranjitadigan işlar qilinmaydi, sözlar aytilmaydi. Ota amr qilsa, barça işlar töxtatilib, öşa iş bajariladi. Ota dunyoviy işlarda farzandning moddiy ziyoniga iş buyursa ham, sevib-sevib bajariladi. Otaning xohişi uyda hammaning xohişidan ustun turadi. Otaning xatosi muhokama qilinmaydi. Ota biror aybi uçun farzand tomonidan malomat etilmaydi. Otaning ortidan kimdir malomat qilsa, farzand uni darhol qattiq himoya qiladi. Otaning şa'nini yerga uradigan, uning obrösini tuşiradigan amallar qilinmaydi. Otaning ra'yi va fikrlariga qarşi fikrlar gapirilmaydi. Ota maslahat sörasa, uzoq öylab, past ovoz bilan maslahat bayon qilinadi. Ota bilan sözlaşilganda jilmaygan yuz va çaqnagan köz bilan sözlaşiladi. Otaning huzurida ğamgin holda ötirilmaydi. Uning dargohida hamma qayğu va taşvişlar unutiladi. Qanday muammo bölsa, otaga bayon etilib maslahat olinadi. Qanday yutuq bölsa, çiroyli bayon qilinib, ota şodlantiriladi. Otaning oldida çökkalab ötiriladi, yalpayib ötirilmaydi, yotib olinmaydi. Ota örnidan tursa, darhol farzand ham turadi. Otaning köziga tik qaralmaydi. Boşqa insonlarning otasiga til tekizilmaydi, balki ularning oldida ularning otalari ham ehtirom bilan zikr qilinadi. Otaning faqat yaxşi sifatlari eslanadi; aytiladi; ibrat olinadi. Otaning xizmatiga şay turiladi. Otaning ehtiyoji u aytmasidan avval bajo keltiriladi. Farzand imkon qadar otaning közlari va harakatlariga qarab, qilmoqçi bölgan işlarini, nima istayotganini sezib, öşa işni bajaradi va öşa narsani muhayyo qiladi. Otaning haqqiga har kuni duo qilinadi. Otaning oldida baland ovozda gapiriş, xoxolab kuliş, nojoiz sözlar aytiş mutlaqo joiz emas. Ota şariatdan taşqari iş buyursa, bajarilmaydi, indamay sukut qilinadi va e'tiroz ham bildirilmaydi, gap ham qaytarilmaydi.

Akrom MALIK

4 450marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Muqaddima

    19-asrning oxiriga kelib dunyoning barça burçaklarida eski qadriyatlarga zarba beriş boşlandi. Bu hatto uruşlar şaklida sodir böldi. Biz uruşlarni siyosiy sabablarga boğlaymiz,…

    3 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.