Mumtoz oila
Muqaddima
Muqaddima
19-asrning oxiriga kelib dunyoning barça burçaklarida eski qadriyatlarga zarba beriş boşlandi. Bu hatto uruşlar şaklida sodir böldi. Biz uruşlarni siyosiy sabablarga boğlaymiz, lekin uruşlarning negizida madaniyatlar va qadriyatlar asosiy omil böliş ehtimoli ham yöq emas. Iqtisodiy maqsadlar bilan ölkalar zabt qilindi deb aytamiz, lekin iqtisodiy maqsadlarga erişiş bilan mustamlaka siyosati töxtamadi — xalqlarning zehniyati va urf-odatlariga, e'tiqod va qaraşlariga daxl qilindi, bu bosqiçli amalga oşirildi: bosqinçi bu ölkalarga öz yurtidan kallakesar va dordan qoçganlarni olib keldi; bu hodisa deyarli barça mustamlakalarda kuzatildi; söng u kallakesarlar bu yerda emin-erkin holda öz "madaniyatlari" asosida yaşaşdi; bu "madaniyat"ni tarğib qildilar — içkilik, fahş va kayf-u safoning boşqa turlari mazkur "madaniyat"ning markazida turdi. Yerli xalqlarning ma'nan zaifroq vakillari bosqinçilar "madaniyati"ga ergaşdilar, ammo ular bu bilan çeklanmay öz qadriyatlariga qarşi kuraşib, yot "madaniyat"ni tarğib qilişga kirişdilar, çunki xojalarining talabi hamda sotqinlikning tabiati şuni taqozo qilar edi. Ilk hujum oiladan boşlandi: farzandlar ota-onaga isyon qiladigan, ularning itoatidan yurmaydigan bölişni boşladilar; xususan, yetuk badiiy asarlarda ham buning aksi körinadi, masalan, ayrim asarlarda boş qahramonlar heçam otasini mensimaydi: otadan ruxsatsiz, maslahatsiz uylanadi; otaga doim gap qaytaradi, otasini ayblaydi; onani esa mutlaqo nazarga ilmaydi, hatto göyo "ota-ona roziligi uçun uylanadi" va hokazo — şu tariqa, mustamlaka xalqlar ongida ota-ona qadri yerga urilib, bolalar ota-ona yöriğidan yurmaydigan, ularni ayblaydigan bosqiçga şiddat bilan yöl oldilar. Şu barobarda — oilaning tayançi bölgan, oilaning asosi hisoblangan, oilaning yuragi atalgan ayol oiladagi oliy vazifa — onalik işini bajarişdan yulib olindi. Ya'ni unga jamiyatdagi işlar yuklandi: dalaga olib çiqildi, zavodga işga kiritildi, traktorga ötqazildi va hokazo, şunday qilib bolalar tarbiyaçidan mahrum etilgaç, yaslilarga — boğçalarga topşirildi; boğçalarda atak-çeçak qiladigan gödaklar ota-onaga mehrsiz bölib ulğayişdi hamda oilaning qadriyatlari — otaga itoat va hurmat, onaga ehtirom nimaligini unutişdi; ular öz hayotlarini özi qurişga intilib, nafslariga ergaşib maqsaddan teskari tarafga ketişdi. Qalbning taskini, hayotning gulşani bölgan oiladan emas, köça-köydan, harom-harişdan halovat izlaydigan bölişdi. Ular ham oila qurdilar,lekin ularda oilani qanday asraş, er-xotin orasidagi mumtoz axloq; bola tarbiyasi haqidagi amaliy ilm yetişmas edi, ularning bolalari ham yaslilarda, keyin maktablarda katta bölişdi, ular ota-onalaridan yana ham uzoqlaşdilar; ular ota-onalariga köproq böysunmas va isyonkor böldilar, ular özlari uçun yangi hayot modelini izlay boşlaşdi; ularda özidan kattaga itoat mutlaqo yöqolmoqda edi. Endi ota-ona va bolalar orasidagi ziddiyat kuçaydi. Bu avlod ham oila qurdi, ammo ularning zurriyodlar özlaridan battar ahvolda qoldilar: ular ota-onani faqat ta'minotçi deb bilişdi, ota-ona ham özini şunday deb öylar edi; endi bolalar ota-onani nazarga ilmaydigan böldilar; ota-onaning nasihati va dakkisi bolalarga oğirlik qiladigan böldi; ular ota-onadan ikkilanmay yuz ögiradigan holga keldilar; ota-ona fitriy muhabbati bilan bolalarini yöqotmaslik uçun ularga yalinib yaxşi gapirişni boşladilar; bora-bora bolalarni qattiqqöllik qilmaslik, ularni taqiqlarsiz katta qiliş, baqirmay ulğaytiriş "madaniyat"ga, "qadriyat"ga aylanib, bilib-bilmay tarğib etiladigan böldi; oilada bola men ustun ekanman deb katta bölişni boşladi, şu tariqa ota-onalar bolalarining qullari va çörilariga aylanadigan zamon boşlandi.
Bugun biz ana şu zamondamiz, bugun biz bolalarimizni xöjayin bilib, ularga qul bölib xizmat qilyapmiz, bugun biz oila qanday bölişi kerak degan savolning javobini yöqotdik va ilmi komil bölmaganlarning javraşiga qarab oilani modellaştirmoqçimiz, ammo biz boşi berk köçadamiz: özimiz mumtoz va komil oila modelini körib ulğaymaganimiz uçun bu narsani amalga joriy eta olmaymiz; va aytilganidek, oila bilan boğliq gaplarning juda katta qismi mutlaq xatodan iborat, endi biz bugun butun kuçimizni mumtoz oilani tiklaşga safarbar etmoqqa majburmiz, aks holda, ahvol tasavvur qilib bölmas darajada oğirlaşadi. Endi şu haqida gaplaşamiz, duolaringiz ila...
Muqaddima qismi tugadi.
Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.