Til

Mumtoz oila

BIRINÇI BOB

BIRINÇI BOB OILA HUKMDORI — OTA

Ikkinçi fasl Otaning axloqi

Ota oilaning barça yukini yelkasida kötaradigan ustundir. U buni çuqur anglaydi. U gözal axloqni özining boş tamaliga aylantiradi. Ota, bu eng avvalo, matonat sohibi. U oila taşvişlari va maşaqqatlaridan ortga qoçmaydi. U muammo va qiyinçiliklarni yelkasiga mardona oladi. Uning uçun oila va uning işlari hayot va mamot masalasi. Ota jasorat egasi. U oilaning himoyasida heç narsadan qörqmaydi va çöçimaydi. Oilani ham jisman, ham ma’nan qöriqlaydi, farzand kömakka muhtoj bölsa, qanotsiz uçib boradi; uyning har bir holatiga javobgar: keçqurun eşiklarni yopadi; çiroq va gazlarni tekşiradi; qandaydir ehtimoliy xavflarni oldindan his qiladi va himoya çorasini köradi. Ota içmaydi. Çekmaydi. Fahş va boşqa yomon işlardan uzoq turadi. Ota zulm qilmaydi. Ota şoşilmaydi. Ota sabrli va halim böladi. Ota oiladagi hammani, xususan, farzandlarini diqqat bilan kuzatadi. Ulardagi jismoniy va ma’naviy özgariş, ösişlarni nazardan qoçirmaydi. Bolalarining közi, yuzi, rangi – hammasi haqida biladi. Bolaning qaçon ğamgin, qaçon xursand bölişidan xabardor. Bolaning ğayratli yo dangasa; rostgöy yo aldoqçi bölayotganidan ğofil qolmaydi. Bolasining tabiati nimani sevib, nimadan nafrat qilişini biladi. Bolaning ilmga yoki kasbga, qaysi hunar va sohaga qiziqayotganini sezadi. Bolani kattalar oldida, köça-köyda oşkora erkalatmaydi, öpib, yalab-yulqamaydi. Balki harakatlari, ğamxörligi bilan buni sezdirib turadi. Bolani tahqirlamaydi. Xatosini muloyimlik ila aytadi. Tuzatadi. Tuzatişi uçun yordam beradi. Bolaning gaplarini tinglaydi. Lekin hamma gapini rost demaydi, balki tekşiradi, söng yo tasdiqlaydi, yo rad etadi. Bolani heç bir on nazoratsiz taşlamaydi, lekin buni unga zarra qadar ham sezdirmaydi. Bolaning ayblarini körsa, avval ikki qayta ogohlantiradi, söng jazo çoralarini köradi. Ğazabini biror şaklda öta me’yorda bildirib qöyadi, toki bola otaning ğazabi borligini bilsin. Ota va bola örtasida parda bölişi tabiiy. Ota bola bilan sirdoş va döst ekanini foş etişga urinmasin, balki bolaning butun ruhiyatini bilib tursin. Otaning muhabbati hamişa pinhondir va zaruratdir. Ya’ni tilga çiqmaydi, izhorlar etilmaydi. Muayyan şakllarda va muayyan holatlarda bildiriladi, tabiiy. Bunday ehtiyoj fursatini otaning fahmi tuşunadi. Ota mehnatdan qörqmaydi. Mehnatdan çekinmaydi. Ota ğiybat qilmaydi, heç kimni yomonlamaydi. Ota sirli şaxs, uning taşviş va qayğulari, quvonç va sevinçlari bolaga sir bölib qolaverişi kerak. Ota erta uyğonişi, butun oilani uyğotişi lozim. Ota ibodatlarini öz vaqtida bajarişi, duolar qilişi, halol va pok badan, toza libos bilan yurişi kerak. Ota heç qaçon avrat sanalgan a’zolarini yangliş holda ham bolaning körib qolişiga yöl qöymaslikka sa’y qiladi. Bolaga kiçikligidan uning muhim şaxsligini otaning unga e’tibori va diqqati namoyon etadi.

Akrom MALIK

3 200marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    BIRINÇI BOB

    OILA HUKMDORI — OTA Birinçi fasl Otaning maqomi Otaning maqomi heç qaçon bahs qilinmaydi. Ota oilaning rahbari. Uning sözi — söz. Uning ra'yiga qarşi boriş mumkin emas. Uning…

    2 daqiqaMumtoz oila

    Muqaddima

    19-asrning oxiriga kelib dunyoning barça burçaklarida eski qadriyatlarga zarba beriş boşlandi. Bu hatto uruşlar şaklida sodir böldi. Biz uruşlarni siyosiy sabablarga boğlaymiz,…

    3 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.