Heç qaçon qandaydir jamoalar tuzişga urinmagan yaxşi. Har qanday jamoaning içida xoinlik yaşaydi. Odam…
Heç qaçon qandaydir jamoalar tuzişga urinmagan yaxşi. Har qanday jamoaning içida xoinlik yaşaydi. Odam jamoasiga işonsa, xor va zalil böladi. Jamoa degani faqat manfaat ustida mavjuddir. Qornini töydirib va biroz yaxşi gap bilan xursand qilinsa, hamma jamoaga birlaşaveradi. Jamoaning boşqargan odam insofli va ma'rifatli bölsa, bu narsa atrofdagilarga asar qilib, ular ham şu qiyofani taqib yurişadi. Ammo boşqaruvçi johil bölsa, u jamoa vahşiylar tödasidan farq qilmaydi. Ikki odamning boşini ğoya asosida biriktiraman degan xayol xomdir. Ğoya emas, oç qorin va ovqat biriktiradi. Ğoya yagona odamda böladi, xolos. U jamoaning ildizidir, lekin öşa jamoa ikkilanmay bu ildizni kesib taşlay oladi. Jamoaning ahilligi va birdamligidan eng köp gapirgan eng birinçi bölib qoçuvçidir. Odamlar tödasidan najot kutmaslik oqillarga xos. Albatta, bu şafaqatsiz haqiqat qarşisida uzlat ixtiyor qilmaslik mardlarning kori. Şu odamlarga xizmat qilmoq va bu odamlardan igna ham kutmaslik. Yaxşilikni qilib daryoga uloqtiriş. Tödalar meni qadrimni biladi deya oriflar aldanmaydilar. Mehr kutgan ozor köradi. Mehr kutmaslik ozor körmaslik yölidir. Qornini töydirganni it qopmaydi, lekin odam qopadi, balki yeydi. Odam bölib qolişning yöli hammaga yaxşilik qilib, unutiş; unutmaslik kerakki, kişi tabiatida kimga yaxşilik qilsa, şunga ilib qoliş odati bor; qölingdan non yeganlarga ilib qolmasang, bas.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.