Til

Taniqli bölaman degan öy qalbdagi kasallikdandir. Taniqli bölmoq, şon-şuhrat – bir kişini köpçilik bilişidir.…

Taniqli bölaman degan öy qalbdagi kasallikdandir. Taniqli bölmoq, şon-şuhrat – bir kişini köpçilik bilişidir.… — rasm

Taniqli bölaman degan öy qalbdagi kasallikdandir. Taniqli bölmoq, şon-şuhrat – bir kişini köpçilik bilişidir. Albatta, yaxşi sifatlar bilan bilsa, yana ham yoqimli: juda aqlli, ilmli, mehnatkaş, çiroyli, baquvvat va hokazo. Hammamiz özimiz haqimizdagi yaxşi sözlarni eşitişni sevamiz, ayniqsa, biz yöq joylarda aytilsa, köpçilik ismimizni şaraflab aytsa, terimizga siğmaymiz. Yomon gap heç kimga yoqmaydi, odatda, töğri gaplar. Bizni biz haqimizdagi tuhmatlardan köra ayni haqiqatlar köpinça jazavaga soladi. Ortimizdan gapirilsa-ku, gapirgan odam bilan tezda adovatlaşamiz. Gapni taniqli bölmoq haqida boşlagan edik. Ming yil avval yozilgan kitoblarimizga köra, masalan, Rabğuziy hazratlarining “Payğambarlar tarixi”dan ma’lum bölişiça, Xudo aytadiki: “Men bir xazina edim va bilinmoqni istadim, keyin odamni yaratdim”. Xudoning irodasi – Özini tanitiş edi. Masala haqida çuqurlaşmay, imom Ğazzoliy hazratlari kitobida kelgan bir ma’noga diqqat qaratamiz: “Odamzodda rububiylik, hayvoniylik, şaytoniylik va rahmoniylik sifatlari bor”. Bu örinda rububiylikni şarhlaşimiz kerak, çunki mavzumizga köproq aloqador – insonning özini Xudoga öxşatişi bu rububiylikdir. Xudo Özini maqtaydi, Özini maqtaşga buyuradi, Özini maqtaganlarni yaxşi köradi, Özini tanişga amr qiladi. Odam ham özini maqtasa, maqtaşlarini sevsa, özini bildirişga urinsa, Xudo bölaman degan istakning tajalliysi şu böladi. Ana şu istakni butkul içidan sidirib taşlaş bilan inson Xudoga mahbub keladi. Bu boşqa masala, biz aytmoqçi gap taniqli böliş haqida edi va biz uning ildizi töğrisida aytib ötdik, buni arab tilida “hubbuz zuhur” – zuhur etişni sevmoq ham deyişadi. Taniqlilik Xudoga xos. Hamma banda Xudoni tanişga majbur. Tanimasa, öziga jabr. Odam bu işni qöyib, özini tanitiş bilan maşğul bölsa, asta-sekin baxtsizlik çangaliga tuşaveradi. Odamda şuhratga öçlik naqadar ulkan bölsa, nafs şu qadar ulkandir. “Qanday tanilsam ekan?” – bu dard ila odam özini har köyga solaveradi. Uning yozgani, aytgani, sipo qiyofasi – barça-barçasi tanilmoqqa yönaladi. Ijod deya taqdim qilingan işning içida ğoya emas, men degan da’vo yangrab turadi. Şon-şuhratga öç odamlar boşqalarining qiymatini ham şon-şuhrat miqdoriga qarab ölçaydi. Taniqli bölmoq – xatar. Eng avval, odam kibr va manmanlikka uçraydi. Uni e’tiborsiz qoldirsalar, ya’ni heç kim uni kuzatmay qöysa, xafa böladi. Bugungi kunda – layk va har xil e’tiroflar yöqligidan qiynaladi. Keyin şon-şuhrat taxtini qaytarib oliş uçun özini har köyga soladi. Şu tariqa odamda axloqiy siniş – öz-özini xorlaş, şarmanda qiliş bosqiçi boşlanadi. Şon-şuhrat şarobi şu qadar kuçliki, unga tobe odam heç qaçon unga töymaydi; bu şarobdan kuçlanadi va mast holda urinaveradi, işlayveradi. Taniqlilik orqali boşqalardan ustun bölaman degan kimsa oqibat insonlar közining va sözining qaramiga aylanadi. Kişilarning qarsagidan mast bölib, özini juda kulgili va açinarli tutadi. Aqli kamayib ketadi. Lekin odamzodga tomoşa kerak, xolos. Kişilarning juda katta qismi maşhurlarga tomoşa uçun qaraydilar. Zerikmaslik uçun. Ertaga bu maşhur esdan çiqsa, boşqasiga mahliyo böladi. Şunçaki, oç közlar va betayin sözlar. Boşqa heç. Qalb va aql egalari ozdir. Asl ilmni qadrlaydigan, irfon va ma’rifat, ixlos va samimiyat sohiblari haddan taşqari kam. Ular kimnidir olim deb bilsalar, manfaat oliş istagida quloq beradilar. Avom esa bu gapni rivoyat qiliş, kamçiligini topiş, maqtaş yo haqoratlaş uçun tinglaydi. Şu sababli bir voiz jon kuydiradi, tinglovçilar ğoyaning mohiyatiga qaramaydi, gapiruvçi va gapni ğiybat qilib tarqaladi.

Odamlarning diqqati, ularning köpligi bilan maqsadga erişilmaydi. Asl insonlarni, asl qalb sohiblarini topib, ular ila rozlaşmoqdan maqsad hosil böladi. Qirq tonna tuproqdan tört gram tillo çiqqani kabi millionlab odamlar içidan asl zotlar ham topiladi. Haqiqatda, nido ulargadir. Avom ham safsata bilan maşğul bölişidan köra ma’rifatli sözga quloq solgani avlo körinadi. Gap köpayib, maqsad çetda qoldi, şekilli. Aytilmoqçi xulosa şulki, pişmay turib örtaga çiqma. Qanoting çiqmay, qiçqirma. Haqiqatlarni anglab yetganingda gapirmaslikka kuç yetmaydi. Keyin esa gapirişga kuç yetmaydi. Hammaga hamma narsani tuşuntiraman degan uvol böladi. Çin haqiqat kişini bosib qöyadi va lol etadi. Ya’ni sukut saqlaganlar eng kuçlilardir. Qolaversa, çin söz mötabar bölsa-da, aytuvçi uçun lazzat emas, azob keltiradi, xolos. Ozgina oğriq bermaydigan va juda ham yoqadigan jumla qip-qizil yolğondan iborat bölişi juda katta ehtimoldir.

Akrom MALIK

2 000marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OLTINÇI BOB

    Ikkinçi fasl Kuyov tanlaş Kuyov tanlaş kelin tanlaşdan jiddiy farqlanadi, tabiiy. Kelin tanlaşda oila birinçi e’tiborga olinsa, yigitning uylaniş ostonasida qay şaklda ekanligi…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.