Til

Mumtoz oila

OLTINÇI BOB

OLTINÇI BOB — rasm

OLTINÇI BOB

Ikkinçi fasl

Kuyov tanlaş

Kuyov tanlaş kelin tanlaşdan jiddiy farqlanadi, tabiiy. Kelin tanlaşda oila birinçi e’tiborga olinsa, yigitning uylaniş ostonasida qay şaklda ekanligi muhim. Qay şaklda der ekanmiz, uning eng avvalo, jismoniy va ma’naviy salomatligi hamda biror kasb-hunar sohibi bölişini nazarda tutmoqdamiz. Jismoniy salomatlik nima ekanligini tahlil qilaylik. Bu yigitning tört muçasi soğligidir. Albatta, tuğma yoki insonning öziga boğliq bölmagan sabablar ila muayyan nuqsonlar hisobga olinmaydi. Lekin yigit kişi jismoniy tarbiya bilan maşğul bölişi uning uçun ijobiy sifatdir. Ertalab yuguradigan, turnikka tortinadigan, suzadigan va umuman jismoniy sihhatiga, jismining şakliga e’tiborsiz bölmagan yigit haqida, heç bölmasa, qat’iyatli degan xulosani qiliş mumkin. Yigitning kiyinişi, soçi va öziga qarab yurişi ikkinçi e’tiborli nuqtadir. Yengi uzun köylak, me’yordagi şim, kalta soç va şu kabi erkak tabiatiga yaraşiqli qiyofa içki olamning aksidir. Soçini savatdek qilib, yarqirab yurişni sevadigan yigit hali erkaklik bosqiçiga kirmagan, dunyoqaraşi komil şakllanmagan, özini özi köz-köz qiladigan ösmirlik bosqiçida yaşayotgan bola, xolos. Çunki ulğaygan qalb va aql yengiltak qiyofa bilan jamiyatda namoyon bölişga izn bermaydi. Kasalliklarning körinmagan turlari juda köp. Ular içida xavfli va tuzalmaslari, ya’ni oqibati ayançli tugaydiganlari ançagina. Şu sababli, kuyovlikka nomzodning tibbiy tekşiruvi bugun ahamiyatlidir. Qon tahlillari va hokazolarning işonçli natijalarini qizning otasi körişi şart. Bu masalada ğaflatda qoliş mumkin emas. Buni kuyov tomon ham töğri qabul qilmoği lozim. Köz qoraçiği kabi östirilgan qizni bedavo dardga çalingan yigitga berişga heç bir soğlom tafakkurli ota-ona rozi bölmaydi va bu tabiiydir. Ma’naviy salomatlik masalasiga kelsa, bu haqida gap şulki, yigitning e’tiqodi soğlom bölmoği şart. Ya’ni uning, eng birinçi galda, diniy saviyasi tekşirilmoği lozim. Bu masalada qizning ota-onasi biror ahli ilmdan iltimos qilmoği mumkinki, yigitning bu bobdagi töxtamlarini bir körsin. Şuningdek, davlat va siyosat bilan boğliq qaraşlarini ham elakdan ötkazmoq maqbul, çunki har bir erkak bu masalada yetarli va töğri nuqtada bölişi yaxşi sifat. Yigitning kattalar bilan munosabati, kiçiklarga şafqati, ayollarga ehtiromi, aql va farosati, odob va axloqi, mas’uliyati va birsözliligi, bosiq va vazminligini diqqatdan qoçirilmaydi. Bu masalalarda qizning otasi bölajak kuyov bilan aka-ukalari, qaynilar, ya’ni qizining toğalari va şu kabi jöyali qarindoşlar guvohligida suhbat qilişlari matlubdir. Turli savollar berilsa, yigit özini qanday tutayotganiga e’tibor qilinsa, keyin xolis maslahat bilan bir qarorga kelinsa, xayrli böladi. Albatta, kuyov tanlaşda uning yaqin-atrofdagi mahalladan bölişi, ota-onasining hurmatli ekanligi asosiy baholaş mezonlaridan biri hamdir. Bir yigitga qirq hunar oz. Ilgarilari bölajak kuyovlarga ötin yordirilgan. Bugun ham aynan ötin yorib ber deyilmasa-da, şuning biror muqobil şakliga ehtiyoj yöq emas. Hazrat Bahouddin Muhammad Naqşband quddisa sirruhu bobomiz murid bölaman degan odamlarni qabul qilişdan avval, albatta, biror hunar örganişini talab qilar ekanlar. Hunarsiz odamni muridlar safiga qöşmagan ekanlar. Çunki erkak özi uçun halol tirikçilik vositasiga ega bölsa, tamagirlik xataridan uzoq bölarkan. Şu sababli kuyov bölmiş biror qöl mehnatini uddalaşi maqsadga muvofiq. Poytaxtimizda kelinlikka tayyorlov kurslari bor. Lekin kuyovlikka tayyorlov kursini hali körmadik, holbuki, yigit kişi qizdan köra köproq oila uçun maxsus tayyorlanmoği aql va mantiqqa töğri keladi, şuningdek, bugungi zamon hayotining talabi ham şu.

Qizlarning otalari kuyovingiz bölaman degan yigitlarni biror aniq hunarga ega bölişlarini talab qilişlari yaxşi. Yigit biror yaxşi qizga uylanaman deb, muayyan şartlarni bajarsa, yanada yaxşi. Şunda u xotinning qadrini biladi, urmaydi, ehtiyotlaydi, darrov taloq berib yubormaydi. Haqiqiy yigit yaxşi qiz uçun sinovdan ötadi. Agar kuyov bölaman degan talabgorda hunar bölmasa, örganib kelsin. Diplom boşqa, hunar boşqa. Qizini gözal tarbiyalagan ota kuyovlarga talab qöyişdan tortinmasin. Ertaga afsuslanib, oh-voh qilmaslik uçun qizini işonçli qölga topşirsin. Kuyovni yetti marta elakdan ötkazsin. Yigit kişining yaxşi qiz uçun kuraşişi uning fazilati, heç qayeri kamayib qolmaydi, tabiiy, kuyovning ota-onalari buni anglab, öğillarining erkak bölib, sinovdan ötişlariga çidab berişsin. Uylaniş – bu erkaklikka qadam bosiş demakdir. Bu danğir-dunğur töy va yengiltaklik bilan sakraş emas. Dunyoda hamma ham ilmli bölavermaydi. Kuyovlikka nomzodning juda çuqur ilmi bölmasa ham, ilm ahlining muxlisi bölsa, yaxşi. Ilmi oşib-toşib ketmasa ham, axloqli bölişi asosiy şart. Axloqsiz va ahmoq, hayosiz va bezbetlarga qiz bermangizlar. Uylanaman degan yigitning huda-behuda vaysaşlar bilan töla yoki boşqa maqsaddagi telegram kanali bölsa, uni ham tekşiriş kerak. Yigit boy ekan, çet elda öqigan ekan, falon ekan degan har xil bölmağur mezonlardan voz keçgan ma’qul. Yigitning qöli kalta, biroz kambağal bölişi tabiiydir. Çunki u endi hayotini quradi. Ota-onasi uni uylantirgaç, xotini, bölajak bolalari uçun işlaydi. Asosiysi, dangasa bölmasa, axloqsiz bölmasa, bas. Uylaniş bilan baraka nozil böladi. Agar ilm yölidan ketaman degan yigitlardan sovçi kelsa, ularga alohida ehtirom körsatmoq lozim. Öta halimlik va hikmat ila bu nomzod ham tekşiriladi. Ilm va adabning mutanosib ekaniga diqqat qilinadi. Başarti, yoqsa, rizolik beriladi; köngil çopmasa, çiroyli rad etiladi. Biz zikr qilayotgan talablar heç kimga maşaqqat körinmasin. Bu talablar öta oddiy va hayotiydir. Ehtimol, esimizdan çiqqandir. Uylanaman deganlar ham öqib, öziga xulosa qilsin. Qiz çiqaraman deganlar ham hisobga olsin. Çunki bu gaplar bizning emas, urf-odatlarimiz, zehniyatimiz va tajribalarning gaplaridir. Hayotni jiddiy bilganlar va qabul qiladigan odamlarga qaratilgan gaplardir.

Akrom MALIK

1 980marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OLTINÇI BOB

    OILA QURIŞ Ikkinçi fasl Kelin tanlaş Avval sahifalarda aytilgan sözlarni qayta takrorlaymiz: öğil uçun jufti halolni tanlaş va olib beriş ota-onaning burçidir. Oila quriş, ya’ni…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.