Til

Insonlar bilan munosabatlarni uzmaslik ma’qul. Odamlar bilan uzoq vaqt aloqalarni saqlab qolgan yaxşi yoki…

Insonlar bilan munosabatlarni uzmaslik ma’qul. Odamlar bilan uzoq vaqt aloqalarni saqlab qolgan yaxşi yoki… — rasm

Insonlar bilan munosabatlarni uzmaslik ma’qul. Odamlar bilan uzoq vaqt aloqalarni saqlab qolgan yaxşi yoki uzoq vaqt salom-alik qiladiganingiz kişilar bilan muomala örnatmoq maqsadga mos keladi. Şakllangan inson yangi döstlar ortidan yugurmaydi yoki eski tanişlari bilan riştalarni kesişga işqiboz bölmaydi. Oqil kişi qadrdonlar qadrini biladi. Hamma gap ana şu eski qadrdonlarga ega bölişdadir. Atrofdagi odamlar bilan iliq va samimiy aloqalarni saqlab qolişning ilmi bor. Çunki hozir aksar yoşlarda, hatto kattalarda ham bir paytlar qalin bölib, keyin sovub ketgan döstlar bilan boğliq aççiq tarixlar köp uçraydi. Bu tarixlar yurakning yarasidir. Ana şunday yara va jarohatlardan kişi özini salomat saqlaşi kerak, aks holda, huzun va ğam kişi iste’dodini öldiradi, qalbini qoraytiradi, aqlini ötmaslaştiradi, işlarini orqaga ketkazadi. Odam özidagi poklik va safoning qiymatini bilişi lozim. Hamişa ham fikrar quyilib kelavermaydi, hamişa ham atrof döstlar bilan gavjum bölavermaydi, hurmat va ehtirom, sevgi va sadoqat doimiy saqlanib turmaydi, bular özgarişlarga yuz tutadi, larzalar röy beradi, yöqotişlar sodir böladi. Lekin bunday ma’naviy zilzilalarning oldini oliş imkoni bor. Ana şuning ilmini Xudo qodir qilgança baholi qudrat bugun örganamiz. Alişer Navoiy hazratlarining “Hayratul abror” dostoni oltinçi maqolati adab haqida. Buyuk bobomizning aytişiça, adabning namoyon böliş örinlari bunday: 1. Oila: xotin, bola va ota-onaga adab. 2. Xizmatkorlarga adab. 3. Kiçiklarga adab. 4. Kattalarga adab. 5. Tengdoşlarga adab. 6. Davlat xizmati odobi. Bularning har biri alohida şarh talab qiladi, uşbu örinda ikki nuqtaga e’tibor bermoqçimiz: bolalar uçun hurmat deya örindan turişni uluğlar adab deb sanamaydi, çunki buning oqibatida bola takabbur, sen obrösiz bölasan. Bu hazrat Alişer Navoiyning ögiti. Biz iqtibos qilişni istagan yana biri bu: kim senga tengdoş bölsa, unga şunga yaraşa muomala qil: oşirib ham yuborma, tuşirib ham yuborma. Bizningça, bu hikmatlar oltin örtaliqni saqla degan qoidaga eslatmadir. Ya’ni örtaça böl degani. Mana şu sözlar orasida bobomiz işlarning yaxşisi – örtaçasidir degan buyuk sözni ham aytib ötgan. Insonlar orasidagi munosabatlarning buzilişiga eng katta sabablardan biri oltin örtaliqning boy berilişidir. Haddan taşqari yaqinlaşib ketiş begonalaşmoqqa olib keladi. Uzoqda bölsang, kişnaşasan, yaqinda bölsang, tişlaşasan. “Nazmul javohir”da hazrat Alişer Navoiy ta’kidlagan yana bir hikmat: “Döstlarni oralatib ziyorat qil, muhabbat ziyoda böladi”. Odam sevganini yöqotib qöyişni istamasa, vaqti-vaqti bilan özidan sevgilisini xalos qilib turmoği kerak. Buyuk haqiqat ila ta’kidlanganidek, “Kimnidir sevsang, haddan oşib sevma, bir kun yomon körib qolişing mumkin. Kimnidir yomon körsang, bunda ham haddan oşma, bir kuni yaxşi körib qolişing mumkin”. Öta yaqinlaşib ketiş aksar odamlarni bezor qiladi. Şuningdek, izhorlarni ham yaşirin saqlagan maqbul. Köpaysa, qadri ketadi, ta’sir qilmay qöyadi. Bu ommatan xos bölgan qoidadir. Heç qaçon bir-biridan zerikmaydiganlar Şams va Rumiydirlar. Şams va Rumiy bölişga közi yetmaganlar orani şamollatib turişlari kerak. Lekin qalbi işq olovida kuyganlarga bu nasihat foyda qilmaydi, u baribir sevganiga ergaşaveradi, natijada, bir kuni sevgilisini mutlaqo yöqotib, keyin içi muzday bölib, uşbu bitilgan hikmat qarşisiga keladi va bu qoidani mahkam özlaştiradi. Yaxşiroği, avvaldan örtaça bölişni tutgan ma’qulki, bu oğriq va azoblardan, ajraliş va zorlanişlardan himoya va zirh böladi. Umuman, hamma bundan foyda topadi va hammasi ravon keçadi. Halokatlar ehtimoli ham kamayadi.

Akrom MALIK

2 990marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OLTINÇI BOB

    OILA QURIŞ Ikkinçi fasl Kelin tanlaş Avval sahifalarda aytilgan sözlarni qayta takrorlaymiz: öğil uçun jufti halolni tanlaş va olib beriş ota-onaning burçidir. Oila quriş, ya’ni…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.