Uzoqni köra biliş uçun tartibli va tiniq fikrlaş talab etiladi. Şunçaki, bir savol beriş lozim: “Bu işimning…
Uzoqni köra biliş uçun tartibli va tiniq fikrlaş talab etiladi. Şunçaki, bir savol beriş lozim: “Bu işimning oxiri qanday böladi?” Bu savolning javobini biliş uçun yetti ölçaşga ehtiyoj bor. Asosiysi, inson maqsadini aniqlaştirişi kerak. Maqsad ikkiga bölinadi: maqsadlarning maqsadi hamda unga yetkazuvçi maqsadlar. Maqsadlarning maqsadi ğoyalarning ğoyasi demakdir. Buni aniqroq tuşuniş uçun bunday misol keltirsak böladi: uy qurişni istayman. Uy quriş uçun menga yer kerak (1); uyning suvrati (tarhi) lozim (2); uyning çizmasi asosida yerni kavlaşim darkor (3); kavlangan joyning tag tuproğini çöktirib ziçlaşga majburman (4); sement, şağal, qum sotib olaman (5); bularni aralaştirib kavlangan joylarga tartib bilan tökib, poydevorni kötaraman (6); uyimning balandligi qança bölsa, şunga muvofiq ravişda menga bir neça ming dona ğişt kerak (7); haşarga qarindoşlar va qöşnilarni çaqiraman (8); hamma birgalaşib ğişt teramiz (9)– şu tariqa bir kun içida uyning devorini kötarib olamiz; uyning tomini yopiş uçun tösin, qamiş, şifer va hokazolarni olib kelaman (10)... Bu örinda uy – maqsadlarning maqsadiga misol; uni quriş uçun qilinadigan işlar – biz ularning öntasini sanab çiqdik – unga yetkazuvçi kiçik maqsadlardir. Kiçik maqsadlarning maqsadi – uy hisoblanadi. Ya’ni uy ğoyalarning ğoyasini ifodalamoqda. Uyni tökis qurib bölişim uçun qiladigan işlarim ham maqsad sanaladi va ularni qilmay turib boş maqsadimga erişa olmayman. Tasavvur qilyapmanki, öttiz kun içida uy quraman. Har bir kun qiladigan işlarim rejasini yozib çiqdim. Ertalab esa kayfiyatim yöq holda uyğondim. Örnimdan turgim kelmadi. Şu bilan peşin vaqti böldi. Birinçi kun işini bajarmadim, ertaga qilaman dedim. Yana ertalab kayfiyatim yaxşi uyğondim-u, ilhomim kelmadi; şu sababli ilhom kelişini kutib vaqt ötkazdim. Undan keyingi kun ilhomim ham, kayfiyatim ham joyida edi, lekin qolib ketgan ikki kun sababli hafsalam pir böldi. Kelasi kun qandaydir kötarinkilik bilan hammasini qoyillataman dedim-u, ozgina işlab taşlab qöydim, bahona çiqdi – ulfatlarim çaqirib ketişdi... Oradan öttiz kun ötdi, rejam amalga oşmadi, uy qurilmadi. Lekin qöşnim ham xuddi mendek reja tuzgan edi, uning uyi esa bitibdi. Katta maqsad uçun kiçik maqsadlarni amalga oşirmoq lozim ekan. Öz vaqtida qilinmagan iş ertaga oğir yukka aylanadi – qolgan işga qor yoğar. Donişmand va oqil odam kim? Hamişa uzoq muddatli maqsadlar sari intiluvçi, bu yölda rejalangan işlarini har kuni şoşilmay bajaruvçi odamdir. Uning mehnati bugun meva bermas, lekin ertaga u hammadan köra kattaroq natijani qölga kiritadi, yagona yutuği – maqsadni belgiladi; unga yetiş uçun kiçik maqsadlarni aniqladi; har kuni rejadagi işlarini bajardi, töxtamadi. Bu holda na tuşkunlik, na dangasalik uni qaytara oldi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.