Til

Mumtoz oila

SAKKIZINÇI BOB

SAKKIZINÇI BOB — rasm

SAKKIZINÇI BOB

QAYINYURT

Birinçi fasl

Umumiy masalalar

Sovet davrida eski qadriyatlarni çil-parçin qiliş uçun tizimli va maqsadli işlar olib borildi. Eng birinçi nişon oila edi. Oila parokanda qilinsa, bas, şayton murodiga erişmoği aniq. Buning uçun uşbu işlarga zör berildi: 1. Bolani ota-onadan ajratib oliş. Imkon bölsa, bolani ota-onaga qarşi, bepisand ruhda ulğaytiriş. Buning uçun xotinlarga ozodlik, şarq ayollariga hurriyat beramiz degan şior bilan ularni göyo “zanjirdan qutqardilar” va dalalarga taşlaşdi, zavodlarda çöridek işlatişdi, traktorlar haydatişdi va ayollarni saraton va boşqa tuzalmas kasalliklarga mubtalo qilib öldirişdi. Bularning hammasini qahramonlik deb körsatişdi. Tuqqan xotinlarni dalada işlatib öldirişarkan, gödaklarini yasli deb atalgan joylarda saqlaşdi. Aslida, xotin tuqqan zahoti bolasini alohida olib, hamma onalarning soğilgan sutlarini aralaştirib berib, çaqaloqlarni emizikli opa-uka, aka-singil ham qilişgan. Öz onasi sutini emmagan gödak yaslida sovuq muomala ostida onasiz ösdi; xonliklar davrida bölmagan yetimxona va bolalar qamoqlari paydo böldi; söng bola maktabda ota-onadan ayro “öqidi”, ya’ni kuz va bahorda bolalar qul sifatida dalada paxtaga yuborildi; maktabda xudosizlik va bundan taşqari bir qança insoniylikka yot ğoyalar singdirildi va hokazo. Şunday qilib, asta-sekin bolalar ota-onalariga böysunmaydigan böldilar. Ular zamonaning bilimdoni, ota-onalar esa qoloq körsatildi; xususan, bu ğoyalar adabiy asarlarda, spektakl va kinolarda asosiy planda taqdim etildi. Özaro sevişgan yoşlar ilğor qatlam, ularni tuşunmaydigan ota-onalar göyo ongsiz edi, xususan, bu holatning elementlari “Mahallada duv-duv gap” filmlarida közga taşlanadi. 2. Yangi oilalarni qaynota va qaynonasiz yaşatiş, kelin va qaynona örtasiga adovat solib, abadiy duşmanlik kayfiyatini şakllantiriş. “Kelinlar qözğoloni” spektaklida bu holat aks ettirildi; muallif masalaga nihoyatda ehtiyotkor yondaşgan, buyuk adib qadriyatlarga bölgan hujumni afsus va nadomat bilan aççiq kulgu, közyoşli kulgu ila körsatgandek tuyuladi menga. Xususan, gazetalarda qaynonalar zolim deya atalib, oilalarning şaxsiy işiga aralaşilişi, öğillarning hammasi xotinlarining gaplariga kirib, özlarin östirgan onalariga isyon qilişlari, Farmonbibidek donişmand onaning, oilasi, farzandlari birligi uçun jon fido qiladigan onaning qalbida uyğongan oğriq kulgu qiyofasida çizilgan fojiadek körinadi menga. Ozarbayjonliklarning “Qaynona” filmida esaqaynona zolim va qörqoq körsatilişi, kelin tomonidan öyin qilinişi va hokazolar aslida eski qadriyatlar ildizi bilan qöporilayotganining manzarasi edi. Bu kinolardagi detal va ğoyalar keyinçalik mustaqillik davrida yozilgan “Superqaynona” kabi sahna asarlarida ham aylandi. 3. Ota-onalar va qaynota-qaynonalarning öz farzand va kelinlariga befarq va loqayd bölişlariga erişiş. Köplab adabiy asarlarda, masalan, “Vijdon dorisi” kabi pyesalarda zamonaviy ota-onalar bolalarining erkin qarorlarini “hurmat qilişadi”, ammo e’tiborli jihati şuki, yozuvçilarimiz ota-ona tarbiyasi va loqaydligi oqibatida bolalarning ma’naviy tayançsiz qolayotganlarini turli şakllarda körsatib bera oldilar. Zamonaviylik niqobi ostida kattalarni kiçiklardan ajratişning oqibati yaxşi bölayotgani yöq – maqsadsizlik, ğoyasizlik, ma’nosizlik natijasida odamlarni çuqur tuşkunlik, qayğu, vasvasa qamrab olmoqda; qanday yaşaş kerak degan savolning jöyali javobi aqllardan kötarildi; mumtoz şakllar, xususan, kelinning qaynona bilan yaşaşi göyo aqlsizlik, zulm deb tuşunilmoqda. Holbuki, kelinning qaynona xizmatida yaşaşi bu misli körilmagan hayotiy bir yaşaş tizimidir.

Kelin, agar şaroit kötarsa, özi nevara körguniça ham qaynona huzurida bölsa, maqsadga erişilgan bölur edi. Bu şaklning bunday a’lo jihatlari bor: 1. Qaynona umri davomida yiqqan tajribalarini kelinga qoldiradi. 2. Kelin aniq kun tartibiga ega bölib, aniq va şakllangan qoidalarni özlaştiradi, bu erta uyğoniş; oila uçun nonuşta, tuşlik, keçkilik tayyorlaş; bir vaqtda oilaning jamlanib ovqatlanişi; pazandalik, ozodalik, tikiş-biçiş sirlarini qaynonadan özlaştiriş; erining boşini qotirişga vaqti qolmay, ulğayib, hayotning yuziga tik qarab, aql hosil qiliş – bularning barçasi qaynona xizmatida qölga kiritiladi. 3. Bolalar bobo va buvining tarbiyasini olişadi. Ular jismoniy mehnatdan ança qöllari böşagani uçun bolalarning ilmi, ma’rifati, dunyoqaraşi bilan şuğullanadilar. 4. Hammada nafs bor, xususan, ayolning nafsi isyonni köproq sevadi; qaynonaga egiliş kelinning nafsini tarbiyalaydi; qaynonaning köngliga yöl topiş uning uçun hayot darsi böladi. Kelin nafsiga teskari borişni örganadi; unga qaynona hukmronligi yoqmasa ham, ertaga buning mevasini köradi. Qaynonali kelin – qarqara kelin; qaynonasiz kelin – masxara kelin. 5. Qaynonali uy – barakali uydir. Öğil topganini otasiga bersa, ota va ona kelişib taqsimot qiladilar, bu eng yaxşi taqsimot bölib, faqat kerakli narsalarga xarajat qilinadi, natijada, oilaning jamğarmasi baquvvat turadi. Çunki yoşi ulğaygan qaynota-qaynona moliyaviy yirik tajribaga ega, ular har narsaga öç emas; faqat kerakli narsalarni xarid qilişadi, demak, ortiqça pul yiğiladi, kerakli örinlarga reja bilan yönaltiriladi – uylar quriladi, aravalar olinadi va hokazo. Umuman olganda, bitta hovlida bir neça öğil va kelinlar – ovsinlarning yaşaşi bir qança foydalar keltiradi. Odatda, kelinlar eriga aytib, bölak çiqaylik deb quloq-miyasini yeyişi mumkin. Öğil ham xotinning hiylasiga uçib, asta-sekin minğirlab bölak çiqiş uçun ota-onadan ruxsat olişi ham ehtimol. Lekin bu unçalik oqlanadigan iş emas. Vaqti yetsa, ota-ona endi çiqingizlar deydi. Holbuki, ota-ona bağrida yaşaş eng maqbul yeçimdir. Albatta, yoşlarning alohida yaşaylik, mustaqil bölaylik deyişlarida ham öziga yaraşa asoslar bor. Ba’zan qaynota-qaynona tarafidan haddan oşişlar sodir bölişini istisno qilib bölmaydi. Ammo hamma sabr va şukur hammasidan yaxşi. Alohida bölinib çiqib topiladigan hamma narsa – yöqotişdir. Qaynona bilan birga yaşab, göyo yöqotiladigan hamma narsa – topişdir. Bugun zurriyodlarimizni asrab qolişni istasak, ana şu qörğonga qaytişimiz şart. Hamma bu qörğonda öz vazifasini bajarsin. Aks holda, butun yer yuzini yutayotgan hayosizlik va zulm, nasabsizlik va tuşkunlik ajdahosiga yem bölib ketamiz. Xulosa qilsak, bizning aytmoqçi bölgan gapimiz şu – komil oila qaynota-qaynona, öğillar va kelinlar jam bölib yaşagan oiladir. Bu oila haqiqatan komil bölişi uçun ayrim axloqiy qoidalarga amal qiliş lozim, bu haqida keyingi fasllarda töxtalamiz.

Akrom MALIK

1 650marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    YETTINÇI BOB

    ER-XOTIN Törtinçi fasl Xotinning axloqi Hozir ayrim "dono"lar xotinlar köpinça erlarining zulmiga uçraydilar, ey ayollar, zulmga çidamangizlar deb oğiz köpirtirmoqdalar. Ularning…

    6 daqiqaMumtoz oila

    YETTINÇI BOB

    ER-XOTIN Uçinçi fasl Erning axloqi Erkak uçun eng birinçi masala – nima uçun yaşayotganini hal qilib olişdan iborat. Agar bu masala işonçli va qat’iy hal qilinmasa, har qanday…

    10 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.