Mumtoz oila
YETTINÇI BOB
YETTINÇI BOB
ER-XOTIN
Törtinçi fasl
Xotinning axloqi
Hozir ayrim "dono"lar xotinlar köpinça erlarining zulmiga uçraydilar, ey ayollar, zulmga çidamangizlar deb oğiz köpirtirmoqdalar. Ularning içida aksari özini muslima deb biladigan va hatto muslimalar yölboşçisi deb özini tasavvur qiladiganlari ham talaygina. Holbuki, er va xotin orasida xatoliklar sababli ikki tomondan biri qaysidir ma'noda katta yoki kiçik zulmlarga yöl qöyişi tabiiy va ular er-xotin bölganliklari uçun bir-birlarini zulmda ayblamasalar, bir-birlarini tuşunib, keçirsalar, ana şu iş isloh va yaxşilik bölur edi. Har xotin erim zulm qildi deya "tiq" etgan sal narsa uçun dod solaversa, hayot böladimi? Şu sababli peşvo xotinlar bu masalada uzoqni öylab, xolislik bilan gapirişsa, maqsadga muvofiq bölur edi. Er-xotin — qöş hökiz. Ikki yorti — bir butun. Ot tepkisini ot kötaradi. Er-xotin urişi — doka römol qurişi. Şartmi zulm va hokazo deya arzimagan işlar uçun yoqa yirtmoq? Xotinning qanday sifat va axloqqa egaligi u tuğilgan xonadonga boğliq. Yaxşi zotlarning zurriyodi bölgan qiz töğri tarbiya olişga hamişa tayyor. Uning iç-içidan keladigan samimiyat, oqilalik va Xudodan qörqiş kabi sifatlari böladiki, gohida xatolar sodir qilsa ham, ana şu sifatlari sababli gözal tarbiya va xulqni egallab boradi. Bunday xotinni tarbiyalaş va adab beriş imkoni bor. U har qança isyon qilsa ham, töğri tarbiya bilan töğri yölga qayta oladi. Erkak oqila va itoatli xotin bilan yaşayveradi. Şuningdek, ruhan kuçli, aqlan yetuk bölsa, ahmoq va isyonkor xotin bilan ham yaşayveradi: oqila va itoatli xotinni yaxşi köradi; ahmoq va isyonkorga toqat qiladi. Toqat qilişiga ikki sabab böladi; farzandlar va ularni yetim qilmaslik – bu eng muhim sabab; boşqalarni bu xotinning zarar-zaxmatidan himoyalaş, çunki bu erdan çiqqan xotin, albatta, borgan joyini navbatdagi jahannamga aylantiradi. Ayol rosmana baxtli yaşayman desa, özidagi illatlarni yengib, örniga xislatlarni şakllantira olsa, kifoya. Xotinlar dunyoparast böladilar: kiyimlarga, taomlarga, zeb-u ziynatlarga, haşamatga öç bölişadi, boşqalarning çiroyli va qimmat hayoti ularni hamişa ğulğulaga soladi – nega u şunday kiyinadi, men emas? Nega ular çet ellarga sayohat qilişadi, men emas? Nega u maşhur, men emas? – xotin zoti ana şu dunyoparastlikdan ğolib çiqsa, har xil hoy-u havaslarini jilovlay olsa, u yaxşi va oqila xotindir; jilovlay olmasa, kaltafahmdir. Xotinlar isyonkor, gapga quloq solmaydigandirlar: erning bir gapiga ikkita gap bilan javob berişadi; har qança yumşoqlik bilan aybi aytilsa ham, oğir olişadi; sukut qiliş va tan oliş ularga yot; mabodo xotin zoti eriga xöp böladi deya olsa, xatoyimni kördim, tuzataman deya olsa va şunga intilsa, u oqila va yaxşi xotindir, aks holda, köngilni bezituvçidir. Xotinlar haqiqatga toqatsiz, yolğonni sevuvçi, özi ham yolğon gapiruvçi, işining oxirini öylaşdan ojizdirlar: heç qaçon haq söz qarşisida jim böla olişmaydi; albatta, unday emas deyişadi; yolğon gaplardan iborat yaxşi sözlar talab etişadi; xayoliga kelgan işni darhol qilişadi. Agar haqni tan olsa, yolğonni rad qilsa, bu işimning oxiri nima böladi deb öylay olsa, bunday xotin oltindir. Agar bunday bölmasa, toqat qilib yaşaladigan xotindir. Xotinlar sabrsiz va matonatsizdir: sal qiyinçilik kelsa, dod, hayotim zulmat deb diydiyo qilişadi; erning qöli sal kaltalik qilsa, birimiz ikki bölmayapti deb noliydilar; qölidagi rizq va ne’matni körmay ertaga nima böladi deb vahimaga tuşişadi, xuddi oçdan ölib, yalanğoç qoladigandek yiğib-bosib, qora kunga tayyorgarlik körişadi – qaysi xotin Xudoning rizqiga işonsa, erining topganiga qanoat qilsa, boriga şukur, yöğiga sabr etsa, bu xotin a’lo xotindir.
Xotinlar biror işni barqaror bajara olmaydigan, xayollari har narsaga soçiluvçi, diqqatini jamlaşdan ojiz, begonalar ta’siriga tuşuvçidirlar; agar qaysi xotin erga itoat qilib, biror işni doimiy şaklda bajarsa, xayoli har qança soçilsa ham, işiga qayta olsa, begonalar har narsa deb qutqu solsalar-da, oila va erini birinçi öringa qöysa, aqlli, huşli xotin öşadir. Xotinlar dangasa, ovqat qila olmaydigan, tuyğusiga ergaşib, işlarni qöl uçida qiluvçidir; qaysi xotin ğayratli, pazanda, ozoda, oiladagi vazifasini öz vaqtida bajaruvçi bölsa, u javohir xotindir. Xotinlar özida bormi-yöqmi, ijobiy sifat va axloq bilan ommani qoyil qoldiriş, qarsaklar eşitişga öçdirlar; qaysi xotin heç qaçon omma qarşisiga talpinmasa, bundan özini olib qoçsa, özini çin ma’noda berkitsa, u Xudoning dösti va asilzodadir. Xotinlar eri bilan tez duşmanlaşadigan, tez sotadigan, begonaga tez döstlik bildiradigan sifatlarga egadir; qaysi xotin eri bilan adovat qilmasa, eriga sadoqatli bölsa, u qadrga loyiqdir. Matonatli, sadoqatli, itoatli, farosatli, oilasevar, erining könglini oluvçi, eriga butkul işongan; erini har qanday paytda ham xorlamaydigan; qiyinçiliklarga sabrli; ne’matlarga şukurli; oila sirlarini saqlovçi; mehnatkaş; közini bema’ni tasvirlardan, quloğini noqobil söz eşitişdan, tilini ğiybat va çaqimçilikdan tiyadigan; şon-şuhratga, tanilişga intilmaydigan; onasi va opa-singillariga erining, qaynota va qaynonaning sirlarini yetkazmaydigan; tili şirin, yuzi tabassumli; noz va erkaliklari öz örnida bölgan; isrof qilmaydigan; farzandlariga mehribon, ulardan oğrinmaydigan; Xudoga ibodat, eriga itoatda komil xotinlarga şon-şaraf, ta’zim va duolar bölsin! Erning asabini yeb, pastkaşlikdan qaytmaydigan, yolğonçi, xiyonatkor, sabrsiz, dunyoparast, şuhratparast va şu kabi tarbiyasizliklarga mubtalo xotinlarga esa biror söz yöq, çunki ularning mana şu sifatlari ular uçun yetarli jazo; ular xorlik va zillatni özlari uçun barpo qiladilar. Xotinlar uçun eng katta xatar – hasadgöy, içiqora xotinlardir. Ayollar, odatda, öz jinsidan bölganlardan tez ta’sirlanadilar. Ertaklarda ham yoş qizlarni yöldan uriş yalmoğizlar zimmasiga tuşişi ham bejiz emas. Şu sababli hurmatli ayollar özlari kabi makkor va ayyorlarning hasad va hiylalariga aldanmasliklari kerak – ularga ğamxörlik kabi aytilayotgan köplab gaplar aslida, yöldan uriş, oilani buziş, erdan ajratiş, baxtiga, tökin hayotiga, ofiyat va salomatligiga hasad sababli çang soliş maqsadida yangrayotgan böliş ehtimoli yöq emas. Ba’zan opalar singillarga ham özlari bilmay hasad qilişlari mumkin – oğriq oşdan, yov qarindoşdan. Bu örinda ayol zoti öz hayotiga nazar solişi, uni vasvasaga solgan gaplarning haq yoki nohaqligini fikr bilan ajrata olişi zarur: uyim bor; rizqim tökin; egnim but; bolalarim soğ; erim mehribon – demak, hammasi joyida deya olişi şart, aks holda, har qanday ayolning fitna va hasad qurboni bölişi juda ham oson. Asosiysi, ayolning özi hasadçi bölib qolmasligi kerak. Ayrim ahmoq xotinlar biror erni sevgandek bölib, uni oilasidan, xotinidan ongli ravişda ajratib, tegib olişni reja qiladilar. Bundaylar töğridan töğri ayolning öziga ham ruhiy-aqliy, hissiy hujumlar uyuştiradilar. Bulardan, umuman, bunday fitnalardan omon bölişning yöli – xotin kişi onasi, qaynonasi va şu kabi işonçli qarindoş ayollardan boşqa begona xotinlar muloqotidan özini ongli ravişda asray olişidir. Ming erdan yuz avliyo çiqsa, yuz ming xotindan bir avliyo çiqar emiş; ammo şu bir avliyo xotin yuz avliyo erdan afzal turar ekan. Pokiza xotinning oyoq bosgan joyidagi tuproq yuz ming nopok erdan ustun turar ekan. Pokiza va matonatli ayollar qarşisida erkaklar hamişa taslim va ta’zimdadir. Qaysi qatordan, qaysi safdan joy olişni xotinlarning özi hal qiladi, özlari buni tan olmasalar, erlarning gapi ularga ötmaydi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.