Til

Inson hayotida söz öta ahamiyatlidir. Yutgan odamlarning har biri söziga e’tiborli bölganlardir.…

Inson hayotida söz öta ahamiyatlidir. Yutgan odamlarning har biri söziga e’tiborli bölganlardir.… — rasm

Inson hayotida söz öta ahamiyatlidir. Yutgan odamlarning har biri söziga e’tiborli bölganlardir. Yutqazganlarning hammasi söziga loqayd qaraganlardir. Kim öz sözini qadrlasa, uni barça qadrlaydi. Kim öz sözini oyoqosti qilsa, oyoq ostida qoladi. Sergap degan nom eng yoqimsiz nomdir. Kamgap degan sifat eng yaxşi sifatlardan biridir. Sözlaşning ayrim qoidalarini zikr qilamiz. Birinçidan, kişi bilgan narsasi haqida sözlamoği matlub. Bilmagani haqida aytiş odamning obrösini tuşiradi. Ikkinçidan, kişi bilgan sözini ham eng kerakli örinda gapirsin. Ba’zan haqiqat zulmga ham sabab böladi. Barça adolat va rahmat bu dunyoda rostgöylik ila yuzaga çiqmaydi, yolğonning ayrim hollarda yaxşilikka xizmati bor. Şu sababli inson çin sözni aytyapman deb hamma gapni aytaverişi maqsadga muvofiq kelmaydi. Uçinçidan, boşqalarning şa’nini ehtiyotlaş orqali inson öz şa’nini ehtiyotlaydi. Odamlar obrösini yerga uruvçi gaplardan saqlangan ma’qul ekan. Insonlarga çinakam qayğuriş til orqali ularning qalbini ozorlamaslik va qadr-qiymatini yerga urmaslik ekan. Törtinçidan, söralgan savolga javob beriş, ortiqça tafsilotga ötmaslik yaxşi fazilat sanaladi. Beşinçidan, odam hatto öz farzandining ham rioyasini qilib, yaxşi gapirsa, yutuqda bölar ekan. Menga falonçi yaqin-ku deya tilga erk beriş yaqinlardan ayrilişga olib keladi. Söz orqali ilonni inidan çiqariş mumkin ekan, demak, çiroyli va ma’noli kalom bilan qalblar zabt etiladi, maqsadlar hosil böladi. Oltinçidan, haqorat sözini işlatganlar qarşisida javob bermaslikdan köra gözal axloq tajribada körilmadi. Kimdir insonni turfa ayblar bilan haq-nohaq ayblab, sözlar öqini yoğdirsa, indamay u joyni tark etiş eng oqilona yeçim bölarkan. Çunki johilga yaxşi gap kor qilmaydi; yomon gap esa gözal axloqqa ziddir. Oltinçidan, köplab malomat va ayblovlarga nisbatan sukut qila olişdan kattaroq haybat kaşf etilmadi. Asossiz gaplarga jim ketişdek uluğ axloq topilmadi. Ortiqça gapirişlar, soxta çiranişlar, aqlimni va ilmimni köringlar deya vaysab turişlar kabi açinarli manzara yöq. Söz faqat zarurat sanalgan onda işlatilsa, maqsadga juda tez yetkazadi; zaruratsiz işlatilsa, muhtoj vaqtda sözdan manfaat kelmaydi. Söziga xöja bölgan öziga ega çiqadi, ya’ni boşqa heç kimga boş egmaydi. Tildan çiqqan söz yo duşman, yo döst. Behuda yangrasa, u isrof etilgani uçun sening duşmaning; kerakli örinda qöllansa, söz umrbod sening xizmatingda.

Akrom MALIK

1 840marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    YETTINÇI BOB

    ER-XOTIN Törtinçi fasl Xotinning axloqi Hozir ayrim "dono"lar xotinlar köpinça erlarining zulmiga uçraydilar, ey ayollar, zulmga çidamangizlar deb oğiz köpirtirmoqdalar. Ularning…

    6 daqiqaMumtoz oila

    YETTINÇI BOB

    ER-XOTIN Uçinçi fasl Erning axloqi Erkak uçun eng birinçi masala – nima uçun yaşayotganini hal qilib olişdan iborat. Agar bu masala işonçli va qat’iy hal qilinmasa, har qanday…

    10 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.