Til

Mumtoz oila

Sakkizinçi bob

Sakkizinçi bob — rasm

Sakkizinçi bob

QAYINYURT

Törtinçi fasl

Kelin

Kelin anglab yetişi kerak bölgan haqiqat şuki, u sulolaning, oilaning markazi hisoblanadi. Barça işlar, gap-sözlar kelin atrofida sodir böladi: yigit ham uylaniş uçun harakat qiladi; kelin tuşiriş uçun sovçilikka boriladi; kelinni olib keliş uçun töy qilinadi; kelin salom qiladi; kelin ğiybat qilinadi; kelinga dakki beriladi; kelin maqtaladi; kelin farzand dunyoga keltiradi; kelin xizmat qiladi; kelin naslning davomçilarini ulğaytiradi va hokazo. Bu haqiqatni har bir kelin anglasa, özining qiymatini, qadr va şarafini anglaydi. Natijada, kelin özini şu şarafiga mos tutişi, qadriga muvofiq xulq hosil etişi lozim böladi. Qiz turmuşga çiqarkan, eng avval, niyatini töğirlamoği kerak, içida qayta-qayta: “Men hayotdagi asosiy vazifamni bajariş uçun turmuşga çiqyapman. Xöjayinimga xizmat qilaman, farzand dunyoga keltiraman, tarbiyalayman, qaynona-qaynotamning duolarini olaman!” – deb takrorlaşi kerak. Turmuş – muşt deb bejiz aytilmagan. Turmuş oson va öyin emas, lekin qiyin va maşaqqat ham emas. Turmuş tanlov yölidir – niyat va harakatingga qanday bölsa, u ham şunday rangda böladi. Qizning nikohi aniq bölgaç, özini kelinlikka ruhan tayyorlab, borajak oilasida munosib örin topiş uçun Xudodan yordam va tavfiq tilaydi. Borayotgan oilasida hammani özi uçun eng yaqin, eng döst deb biladi: “Turmuş örtoğim – tayançim, qaynonam – onam; qaynotam – otam; qaynegaçim – opam; qayinsinglim – singlim; ovsinlarim – yaqinlarim”. Har bir insondan xato sodir bölişi mumkin, kelin köziga xato köringan işlarni darrov olamga yoymasin, aksinça, yangi oilasida közi kör, quloği kar, tili soqov bölişi yaxşi. Ikkinçidan, özini yaxşi körsatiş uçun dikonglamagani, “Oyijon”layvermagani va hokazo şunga öxşaş takalluf va quyuq mulozamatlarni qilavermagani gözal. Çunki takalluf bu kulfat degani. Işning boşida haddan oşiq ehtirom qildingmi, oxirigaça ana şu yukni kötarişga majbursan. Şuning uçun samimiy va örtaça böliş yaxşi. Tabiiyki, sovuq va xömraygan çehra ham maqbul emas. Uçinçidan, heç bir gapni köngilga olmaslik, har gapni gap deb aytmaslik kerak. Qaynona ham, qaynegaçi-yu qayinsingillar ham ayol, tilidan “lop” etib qandaydi nojoiz söz dumalab qolsa, eşitmaslikka va bilmaslikka oliş, balki imkon qadar xotiradan çiqariş matlubdir. Törtinçidan, qaynonali uyda tabassum va mayin ovoz juda muhim. Tanbeh eşitganda ham, işlar oğir kelganda jilmayib, mayin ovozda sözlanadi. Asosiysi, bu majrburiyatdan emas, içdan kelişi kerak. Beşinçidan, qaynonaning könglini topişga va könglini qoldirmaslikka uriniladi. Albatta, bu iş samimiy bölişi, sun’iy va soxta bölmasligi lozim. Qaynonadan iç-içdan xafa bölmaslik töğri iş, çunki dildagi tilga bir kuni çiqadi. Agar dilda qaynonaga nisbatan biroz ğaşlik paydo bölsa ham haydaş şart. Oraga sovuqlik tuşmasin. Tilga ğiybat kelmasin. Odamlar oğzi bilan yuradi. Heç bir gap yerda qolmaydi. Erkak va ayol birdek, bu masalada orada zarraça farq yöq – gap yetaklaşda faoldirlar. Örtamizda qolsin-a deyilgan gap teşikdan sizgan suvdek sizib ketadi.

Kelin sabrli, tili şirin, yuzi oçiq, çaqqon, ozoda bölsa, olam guliston. Heç bir qaynona öğlimning oilasini buzaman demaydi, qaynonaning dakkisi — asal, tarbiyasi — ne’mat. Kelinlar yoşlik qilib, xato qilmasinlar. Qaynonaning arazlagani, aççiq gapi menga şirin gapir, sidqidildan xizmat qil, esingni yiğ, seni yaxşi köraman degan mujdasidir. Qaynona kelinga içki bir muhabbatli böladi, bunga şubha yöq, faqat buni bildirmaydi. Şu sababli kelinlar könglini quyoşdek porloq qilsa, yuzini oydek nurli etsa, butun oila ofiyatdadir. Köngilni olmoq kifoya. Zotan, dunyodagi eng nozik köngil — qaynona könglidir. Qaynonalar kelinlarini qizlaridan ham, öğlidan ham köproq yaxşi köradi. Bu muhabbat qaynonalik deb atalgan parda bilan yaşiringan, xolos. Kelin qaynota bilan samimiy, ayni paytda rasmiy va jiddiy, masofali muomala qiladi — salom-alik va hol-ahvol söraşdan narigi ötmaydi, qaynotaga qönğiroq qiliş, telegram orqali yoziş, bitta umumiy guruhda böliş an'anaviy özbek oilasi qoidalariga teskaridir, şuningdek, kelin qaynoğa, qaynisi bilan ham körişmasligi, salomlaşmasligi, bitta joyda qolmasligi, bir dasturxonda ötirmasligi eski odob va eski odatlar orqali kelmoqda. Şunday ekan, kelin poççalari va şu kabi barça erkaklar — eri, qaynotasi, otasi, amakisi va toğalaridan boşqa erkaklardan özini uzoq, parda ortida tutişi milliy urfimizda mavjud bölgan qonunlardan hisoblanadi, ana şu qonunlarga amal qilinsa, oila turli fitnalardan omon böladi, çunki ajdodlarning odatlari bir kunda emas, asrlar davomida şakllanib, sinalgandir. Biz mumtoz oila haqida gapiryapmiz, mumtoz oilalarda ana şunday qoidalarga amal qilingan. Bugun kelinning turli qarindoş erkaklar bilan öpişib körişişlari esa bizga yot bölgan işlardandir.

Akrom MALIK

1 700marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    SAKKIZINÇI BOB

    Uçinçi fasl Qaynona Qaynona der ekanmiz, biz bu yerda kelinning qayin onasi haqida gapiramiz, kuyovning qaynonasi keyingi fasllardan birining mavzusi böladi. Qaynona ayol kişi…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.