Til

Iymon

Közlarim kör ekan, kör ekan mutlaq,

Közlarim kör ekan, kör ekan mutlaq,Kimnidir buyuk deb etdim e’timod.Sözlarini dedim töğri hamda haq,Hatto ismin dilda qildim ehtiyot.Bugun oşkor böldi nihoyat, oşkor —Kördek körmaganim ne ekan — bildim:Toğ deb öylagandim, yo Parvardigor,Qumursqaga qöqqis röpara keldim.Balki körmaganim emasdir bejiz,Çunki közoynakli men ojiz haqir.Mayda narsalarni çökmagunça tizVa egilmasdan körib bölmagay, axir.Mayda narsalarga öralaşma deb,Xudoyim qölimdan tutganin bildim.Qurigan ildizga suv quyib, qarab,Gullab, mevalaşin kutganim bildim.Yo Rab, mayda bölib qolişdan asra,Siçqonlar içida qöyma muşukdek.Şerlar davrasiga meni qöş, yo Rab,Mayli, ul davrada bölay kuçukdek.Uluğ karvoningda bölsam-u gadoUmoç ulaşsang ham roziman, yo Rab.Döstlaring egnida xirqaga hattoÇangdek ilaşsam ham, roziman, yo Rab!Akrom MALIK
Közlarim kör ekan, kör ekan mutlaq, — rasm

2 050marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.