Hayot
YARADOR QUŞ
Oğriqdan qayerga öziniUrişni bilmaydi bir quş.U doimo uçgan, yerda heçYurişni bilmaydigan quş.Uçmoqqa qanoti majruh,Qönişga ini ham buzilgan.Pat bilan kömilgan anduh,Bir qalb u köksdan uzilgan.U sayrabdi toşlarga çunon,Bağrini oçibdi qon bölib.Kördiki, tinglaganlar hamonTuribdi qop-qora toş bölib.Bu toşlar joyidan qözğalibBorib tegdi quşga beşafqat.Yiqilgaç boşqa bitta toş kelib,Ezib ötdi bu quşni majaqlab.Pajmurda quş endi yotibdi,Tanida tiriklik sasi yöq.Sayragan ul qaynoq joniningHam sasi-yu, ham nafasi yöq.Bu şunday oddiy va mungliQissadir, birodar, tinglading.Ehtimol, bu oddiy qissadaQuşning azobin anglading.Ehtimol, bu quşni taniding,Ehtimol, tanimay turibsan.Balki sen qop-qora toş kabiQuşlarni majaqlab yuribsan.
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.