Sevgi
TÖRTLIKLAR
Qalbimda muhabbat olovi gulgun,Kuydirib ruhimni poklar kundan kun.Işq şavqi dengizdek jöşgani ondaJuda tor ekaning köraman, oçun!***Sevgimning suratin çizsang-çi desam,Izhorim dur kabi tizsang-çi desam,Işqning xazinasin solib kemangga,Baqo ummonida suzsang-çi desam…Sözlar ojizlikni olib böyniga,Kirar boşin egib xilvat qöyniga!..***Şayton yo nafsdanmi — yöldan köp ozdim,Özimni nadomat doriga osdim.Jahannam otaşin öçirmoq uçunRobbim, muhabbating ötiga qoçdim!***Goh qörqinç qoşida öldim, yöq böldim,Söng umid qölida sevinçga töldim.Dahşat çangalida faryod urib söng,Rohat vodiysida yayradim, kuldim!..***Şayton qayga yursam — çohini qazdi,Rahmon çohni kör deb çaroğ tutqazdi.Oyoğimdan çalib yiqitdi gunoh,Haq lutfi qölimdan tutib turğazdi.***Meni ma’sum gumon qilma, birodar,Va lekin yonimdan jilma, birodar.Özingdek xatokor ekanimni bil,Şikasta tavbamdan kulma, birodar.***Har kun turfa xato hosil qilaman,Xatoni azobga vosil qilaman.Gunoh dudi bilan kirlanib ketgaç,Tunda közyoş ila ğusl qilaman…***Xudoyim, qalbimni azobdan qutqar,Dunyo deb atalgan sarobdan qutqar.Qaçon uyğonaman! Madad ber, Robbim,Ğaflat, şahvat otli bu xobdan qutqar!..***Şu qadar tor ekan bu osmon, bu yer!Faqat taqvo uçun tökmaysanmi ter?!Menda na quvvat bor, na xislat, na kuç,Xudoyim, umrimga barokating ber!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.