Sevgi
Kuyib ketgan qalbning suvratini kördingmi?
Kuyib ketgan qalbning suvratini kördingmi?Mendan kelib holing ne deb sördingmi?Oşiğingni yoqmoq sening dardingmi?Sözlamoqqa holim yöqdir, vallohi,Zolimga savolim yöqdir, vallohi!Qayga qoçmoq bilmas ğarib quşdirman,Borliğim bir xayol, balki tuşdirman.Ruh Seni izlab ketdi, böm-böşdirman,Közimda quridi yoşi, vallohi,Qaydasan, ruhim quyoşi, vallohi?!Zohirim abgor-u, botinim figor,Közlaring-la dilni qildingmi şikor?Börondek yelarman – yöq mutlaq qaror,Makonidan ayru qulman, vallohi,Har zarrasi qayğu qulman, vallohi.Dunyo bir butadir, keldim-u qöndim,Jamoling kördim-u, örtandim, yondim...Taşna edim, közyoş içdim-u, qondim,Lekin yana kuyar içim, vallohi,Qaysi sahrolarni keçdim, vallohi?!Uçmoqqa şaydirman Sen tomon faqat,Lekin siğdirolmas bu osmon faqat...Tuproq nafasimdir, tor jahon faqat,Sendan kelgan huzun sevinç, vallohi,Sensiz qolmoq qanday qörqinç, vallohi!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.