Hikmat
Köklamning daydife’l şamoli kabi
Köklamning daydife’l şamoli kabiHar eşik, tirqişga urib kör boşing.Soqovning tildagi savoli kabiBulutlar ortidan çiqmas quyoşing.Dunyo qölimda deb surasan xayol,Tiyiqsiz yugurar tilingdan sözing.Ğofilsan, aslida şunday erur hol:Dunyoning qölida tutqunsan özing.Nafsing böyin egmas, nasihat olmas,Erta-keç töqiydi hiyla tuzoğin.Özini yaxşi deb körsatib tolmas,Yaqin tasbit etib manzil uzoğin.Kimdir közgu tutsa, yuzingga nogoh,Şaydirsan qölini sindirmoqqa sen.Va nafsim aytgani bölsin deb bajo,Şaytonni şerik deb köndirmoqdasen.Ammo niqob kiyib turqingga rangin,Heç aybu nuqsoning olmagaysan tan.But qilib kibrning toğ kabi sangin,Yukinişdan sira töxtamaydursan.Tobora quyuqdir boşda xataring,Yod bilib farangu arabiyni sen,Peşonangga bitgan bölsa qadaring,Uçratsang pir kabi murabbiyni sen,Bir quyoş topibsan, subhanalloh,Olamning zulmatin poymoli uçun.Endi huzuridan tilangin panoh,Kibrning zavolu, dil kamoli uçun.Ammo boylab yana böyningga sirtmoq,Şaytonning qöliga tutqazding, hayhot.Zörman deb hammaga yirtgaysan tomoq,Holbuki, içingda faryodu faryod...Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.