Hikmat
Bir neça şogirdlar yiğilib bir kun,
Bir neça şogirdlar yiğilib bir kun,Şinam bir davrani etdilar hosil.Har biri öz pirin vasf qilmoq uçunÖrtaga tökdilar maqtovning mosin.Biri karomatdan söyladi jöşib,Biri uzoq dedi pir şijoatin.Har kim şavqqa tölib aytgandek qöşiq,Maqtardi murşidning taqvo-toatin.Bir murid jim edi, tinglardi sassiz,Har kimga boqardi ehtimom ila.Biri dedi unga: "Ey dösti aziz,Siz ham ayting, axir, ehtirom ila!Siz ham ta’rif eting ustozingizni –Qanday karomati hamişa zohir?Sira eşitmadik ovozingizni,Ayting-çi, piringiz qay işda mohir?Masalan, murşidim – koşifi tariq,Fasih nutqi ila qalbni zabt etar.Siz ham taniting-da, piringiz, axir,Qaysi marhalaga qay yölda yetar?"Muridning labidan bamisoli dur,Yangradi somelar kutgan kalomlar:"Ne dey? Ustozimiz – zulmatdagi nur,Unga loyiq emas biz kabi xomlar.Quşmiz-u, lek biz-çun sevgili – qafas,Ustoz istar bizni qilmoqni ozod.Bizga tuzoqlardir hamişa havas,Şu qadar kör böldik, kör böldik, hayhot.Pirimning qay sifatin qanday vasf etay?!Uning işqi ila köksim tilganman.Mayli, içimdagi bir sirni aytay:Sukutiga mudom havas qilganman".Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.