Hikmat
Bayram muborak deb keldi şogirdlar,
Bayram muborak deb keldi şogirdlar,Gözal sözlar ila, hadyalar ila.Ustozning qalbidan yuvildi dardlar,Yuzdan qayğulari ketdi bir yöla.Şirin kalomlarni tinglab xokisor,Barçani bağriga bosdi murabbiy.Ohista söz boşlab sokin, purviqorDedi: "Sizga mehrim bölsin abadiy!Taşakkur aytmoqni istasangiz gar,Aslo zarur emas çekmoq maşaqqat.Toki bilsangiz Siz – ilm qanday zar,Unga amal qiling ixlos-la faqat.Va yana ilmni omonat bilib,Unga qöndirmasdan zarra qadar gard,Navqiron avlodga fidokor bölib,Ilmni yetkazing – tamom böldi şart.Ilm nurdek porlab bani Odamda,Baxtsizlik ofatin ketkazsa yiroq,Bundan katta rahmat bormi olamda,Tabrik topilgaymi bundan yaxşiroq?!"Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.