Til

Hayot

Binafşa yomğirda qolgani kabi

Binafşa yomğirda qolgani kabiBoşim yoqqan toşlar ostida qoldi.Azroil jonlarni olgani kabiQayğu qalbdan quvonç nurini oldi.Musibat daraxti ösdiyu baravj,Soyasidan uning çiqolmay qoldim.Tuşkunlik qöşini dengizdek sermavj –Yengolmadim uni, yiqolmay qoldim.Ohu faryod ila har yoqqan toşniQölga olib sekin ayladim nazar.Közimdan tiyolmay olovdek yoşni,Huşimdan ayrildim, hayhot, alhazar.Musibat daraxtin ildizin çopibTubidan quritmoq uçun etdim ahd.Tomirga boqdimu, yuzimni yopib,Faryod ila dedim: “Nahot yöqdir baxt!”Köz öngimda mudhiş sirlar foş ekan,Nadomatni pinhon tutmoq mahol-ku:Yoqqan toşlar özim otgan toş ekan,Ösgan daraxt özim ekkan nihol-ku!..Akrom MALIK

4 050marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.