Til

Hikmat

Pirga nido qildi hamon xom şogird:

Pirga nido qildi hamon xom şogird:“Zikr etdim-u uzoq, topolmayman şavq…Menga bering yana özgaça bir vird,Toki undan qalbim kasb aylasin zavq!..”Muşfiq nazar etib murşidi komilDedi mehribonlik töla ovoz-la:“Yetarli yuklarga bölmişsan homil,Endi axloqingni işingga mosla.Ya’ni bir illating bordir, azizim,Davo aylamoqqa muhtojmiz, muhtoj.Uni tuzatmasak, ey nurli közim,Quldirsan, boşingda bölsa, hatto toj.Ya’ni odamlarning nuqsini zinhorFoş etma, sözlama, içingga jim yut.Madad bersin senga haq Parvardigor,Barça insonlarning aybini berkit!..Toki satr aylagin Haqqa ergaşib,Bandalarning qaro işini tamom.Şunda közlaringga pardani oçib,Sattor zot körsatgay nurini mudom”.Akrom MALIK

3 940marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.