Iymon
Ibodatda şavq yöq, his yöq, Xudoyim,
Ibodatda şavq yöq, his yöq, Xudoyim,Köngilda xavf degan is yöq, Xudoyim,Istiğfor izidan iz yöq, Xudoyim,Qanday quling böldim, holimdan lolman,Toşday diydam bilan jonsiz, beholman…Umrim sahrosida na taqvo topdim,Amal qilsam, koşki, na fatvo topdim,Özimni tuzalmas bedavo topdim,Ölsam, ne naf, axir, holo, ölikman,Hali tirilmagan dardga kömikman.Sözlarim toş kabi boşimdan bosdi,Toşlar devor kabi boşimdan oşdi,Isyon mast ayladi, savdoyim toşdi,Safrosi kuydirgan savdoyidirman,Öz nafsin oşiği – şaydoyidirman.Biror işim yöqki, bölmasa xato,Xato dedim, asli, özim mubtalo!Şayton şogirdlikka yaramas hatto,Hiylam tuzoğini töqigan özim,Makr kitobini öqigan özim.Dilga nadomatdan şarbat ezmadim,Tavba vodiylarin, holo, kezmadim,Kesildimu, Sendan umid kesmadim,Rahmat arqonini kesma, Rabbano,Şayton sirtmoğiga osma, Rabbano.Senga oson – oçsang kaşf abvobini,Körsatsang işlarning xuş, savobini.Yiğsang tegramga Sen haq ahbobini,Şoyad, Haq ahlining iti bölsaydim,Alarning izidan itib ölsaydim…Balo yubormagil, balodaman-ku,Sarson ruhim ila jalodaman-ku,Öz qalbimning özim jallodiman-ku,Sendan faqat najot kutgayman, Tangrim,Ölik tanga hayot kutgayman, Tangrim!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.