Til

Iymon

Yigitlik çoğidan suluk yölida

Yigitlik çoğidan suluk yölidaXizmat qilib ötdi muxlisqalb bir zot.Avrod riştasini pirning qölidanOlib parvoz etdi keng yoyib qanot.Sayr-u jazba içra toparkan kamol,Közidan raf böldi birma-bir hijob.Unga havas ila boqib ahli hol,Turfa savol berib, istardi javob:“Uzoq yöl bosdingiz safo sayrida,Zikr kalomini köngilga yozib.Bizga bayon eting, xizmat tavridaEng qimmat ögitni, şafqat körgazib!..”Boş egib ohista söz qotdi solik:“Bu yöl tugamadi, hali bor safar…Qörqaman bölişdan bir kuni halok,Kördim har qadamda şiddatli xatar.Umrim daraxtida bitgan mevaniSizga tutqazaman, aylang ehtimom –Toki qasd etdingiz uşbu şevani,Biling: qil ustida yurmişman mudom.Bandaman: yaşadim çökib ğamimga,Goho jöşib-toşdim, gohida toldim.Işimga mahliyo bölgan damimdaGunoh qamçisining ostida qoldim.Mana, tingladingiz, ey ahli taqvo,Eng ğarib holimni ayladim bayon.Undan ham ğaribroq şuldirki ahvol,Yöq erur men qamçi yemagan bir on!.. “Akrom MALIK

3 440marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.