Til

Sevgi

Baland toqqa çiqmagunça bilib bölmas

Baland toqqa çiqmagunça bilib bölmasBu olamning kengligini, viqorini.Pulsirotdan ötmagunça kulib bölmas,Körmagunça jannatlarning gulzorini.To yurakka işq paykoni qadalmasa,Hayot toti odamzodga begonadir.Işq daştida majnun deya atalmasa,Inson tani ruhi uçun vayronadir.Oşiq bölgan toqat qilmay hajr ötiga,Aqlu huşin yöqotmasa, hisob emas.Ixtiyorin topşirmasa ruh – tötiga,Tunlar qon-qon yiğlamasa, azob emas.Gado bölib sevgilsin eşigigaBorib itdek tahqir körib, quvilmasa;Yotib dardning tobut kabi beşigiga,Közdan oqqan yoşi bilan yuvilmasa;Yori uning iztirobin anglamasa,Zulm qilsa töxtamasdan jon oğritib;Ohu nola çeksa, aslo tinglamasa,Kiyintirsa malomatdan öq yoğdirib;Va mahbubi musibatda qolsa nogohJonin bersa xalos etmoq uçun şul on;Ey işq ahli, quloq tuting, böling ogoh,Bu işq uçun bitsa bölar şe’ru doston.Zotan,buni işq desalar, munosibdir,Oşiq degan nomga arzir ul fido zot.Kimki sevgi köçasiga gom bosibdir,Unga qutluğ bölsin endi ğamgin hayot.Ey sevdim deb zarra dardga çidolmagan,Sevgilingni musibatda tark etgan kas!Nafs atalgan zindonidan çiqolmaganIşq sen kabi gödaklarning işi emas!Akrom MALIK

3 130marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.