Til

Hikmat

Bir olimu valiy zotning xotini

Bir olimu valiy zotning xotiniTili aççiq edi, fe’li köp oğir.Heç bir xijolatsiz erga botinib,Qabih söz-la dilga berardi oğriq.Bu holdan xos döstlar edi boxabar,Hatto şogirdlar ham bölgandi guvoh.Ahbob yiğilişib oxir bir safar,Ustozga dedilar bölib xayrixoh:"Zulm paykoniga köksingiz tutmang,Sizga yetgan ozor biz-çun iztirob.Bunday hasrat bilan hayotdan ötmang,Bizga imkon bering, topaylik savob.Ya’ni uylantirib qöyaylik Sizni,Qöl-oyoği çaqqon, tili şiringa.Bolday totli aytib har bitta sözni,Çiqarsin hamişa uyning töriga"."Qadar hikmatini aqllar bilmas,Qazo işlarida ne sir yaşirin?!Biroz taqvo qilib, sabr qilsak, bas,Ötib ketgay umr – şörmi, yo şirin.Men ham sabr qilay, talabim – taqvo,Oxirat dardini qalbimga solay.Yana orttirmasdan boşimga ğavğo,Jannatda hurlarga, uylanaqolay".Akrom MALIK

3 270marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.