Til

Hikmat

Turfa insonlar bor olamda, axir,

Turfa insonlar bor olamda, axir,Har birin tanimoq maholu mahol.Zotan, niqob kiygay, içi töla kir,Taşida mavjlangay musaffo zilol.Qayda kulmoq kerak, qayda yiğlamoq,Qayda bölmoq yaxşi, qayda bölmaslik –Hatto zarur bölsa, kökrak tiğlamoq,Qanday mumkin, axir, buni qilmaslik?!Barçasini bilgay, qilgay bexato,Hatto rosmanaga öxşar kulgusi.Tinç bölsang, boy bölsang, bersang köp ato,Sening huzuringga kulib kelgusi.Ammo toyib ketsa oyoğing nogoh,Ammo musibatga yiqilsang bilmay,Zindonda yotgaysan tortib ohu voh,Faqat u “döst”ingdan heç umid qilmay!Çunki u yaxşilik çoğlari sodiq,Çunki u ofiyat vaqtida nozir.Faqat yugurgaydir şunga muvofiq,Töyu motamingda şuning-çun hozir.Yuksalib borgaysan zinama-zina,Goh boşing quyoşda, goh poyingda zax.U sezgay – kutmoqda seni xazina,Atrofingda uçgay çarx urib çah-çah.Ammo yordam uçun çözmagay qölin,Yolğondan sen uçun çekkay iztirob.Hatto tildan tökib töxtamay bolin,Senga tilab turgay hasanot, savob.Goho ayon etgay ozgina hasad,Söng tezda yaşirgay hazil tagiga.Şa’ningda tarqatib kiçkina fasod,Ötib turgay ba’zan duşman safiga.Şunçaki, sen uni taniysan butun,Şunçaki, kelgaysan tez-tez yuzma-yuz.Ammo özi haqda saqlaysan sukut,Fe’ling bunday deya aytmagaysan söz.Çunki bunday sözga layoqati yöq,Çunki bölolmagay e’tiborga xos.Faqat aldanmagil, bölib köngil töq –Ğaflatda suyanib yuborma bexos.Agar imkon topsang, bunday kaslardanMutlaq uzoq yurgil, mutlaqo uzil.Tozalab atrofni xoru xaslardan,Umring qanotida saqlab yurma zil.Agar uzilmoqqa yetmasa kuçing,Boğlangan tugunni asta-sekin yeç –Yaloqi sölagi tegmasin uçunSalom-alik qilu, yaqin körma heç.Akrom MALIK

2 890marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.