Til

Iymon

Men ölay. Umrning hammasini ol.

Men ölay. Umrning hammasini ol.Közyoşlar meniki. Senga – tabassum.Tuproq olsang, oltin bölsin va halol,Qayğu neligini bilmagil bir zum.Gunohlarni yukla yelkamga tamom,Hamma savoblarning taxtida yaşa.A’lohazrat özing, ey zoti kirom,Özingga gullardan poyandoz töşa.Qara, kissangdadir jannat kaliti,Heç kimga körsatma, hammadan yaşir.Biz odamlar içra köçaning iti,Suyak taşlab qöysang sevinib ğajir.Azbaroyi yugur, uluğlikka yet,Joy tegmay qolmasin qutluğ sufradan.Ortingga qarama, uzoqroqqa ket,Bizlar çiqolmaylik çuqur öradan.Heç kimga qarama, boqmagil zinhor,Ortga burilmasin oldga yurişing.Yöqsa, bölib qolgay olamga oşkorBizdek qaro qulni tuban körişing.Tuban bil, mensima, tepib öt, topta,Bizga şul bölgaydir eng loyiq adab.Sen arşning ustida uçganing topdaYaşaş baxt köksga nayzalar qadab.Sendan ginam yöqdir – işon begumon,Faqat bittagina iltijoyim bor:Nadomat ötida kuygin beomon,Lekin soyamni ham topolma zinhor!..Robbim, mazlumingga karomat ayla,Uşbu duoyimni ijobat ayla!Akrom MALIK

3 590marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.