Iymon
Adaşdim. Adaşdim. Xatolar qildim.
Adaşdim. Adaşdim. Xatolar qildim.Sözlar sirtmoğiga soldim boşimni.Oqibat, Sen sari yalanğoç keldim,Qornimga boğladim iqror toşimni.Sözlar san’atining böldim sultoni,Sukut zanjirida qul qil, Xudoyim.Şon-şuhrat zahrini içmişman qonib,Endi xumulga köm, şul ekan joyim.Qaysi sahrolarda daydidim majnun,Qaysi puçmoqlarda qoldirdim gunoh…Bugun balolardan qutulmoq uçunSözlar quyunidan, Robbim, ber panoh!Meni zulm qilgan, azoblar bergan,Behuda qiynagan özimdan qutqar.Ruhimga nifoqdan zindonlar qurgan,Yolğondan iborat sözimdan qutqar!..Neçun sözlamoqqa ayladim jur’at!Neçun minbarlardan izladim maqom!Sening sözlaganing yetar-ku, minba’d,Sözingga qul ayla meni batamom!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.