Hikmat
Bir navqiron yigit orif zot sari
Bir navqiron yigit orif zot sariBorib boşin egdi qilib ehtirom.Dedi: “Ey ma’rifat boğin sarvari,Menga bayon aylang, olimi kirom!Bir nasihat qiling, yodimda qolsin,Bir umr bölmasin dildan faromuş.Sözingiz nur bölib, zulmat yöqolsin,Yölda xatolarni aylayin xomuş!”Sokin nazar qildi murşidi komil:“Olovday yongansan, harorating çöh.Mahrur tuyğularga emişsan homil,Içda ehtirosdan bölak nimang yöq.Uç söz aytay senga, unutma aslo,Uç sözdan oçilgay fayz darvozasi.Eng avval niyatni pok tut doimo,Pok niyat makoni – dilning tozasi.Niyat buzilsa gar, hayot buzilgay,Hayoting buzilsa, dunyoying barbod.Ğamu qayğularing uzoq çözilgay,Ötgaysan bir bino qilolmay bunyod.Ikkinçi söz şulki, bölma dilozor,Tilu qöling bilan qilmagil zulm.Talotumga töla dunyodir bozor,Bozordan çiqqaysan çaqirsa, ölim.Yoşlik – umr yarmi, bilmagil öyin!Yarim umr aylasang dillarni vayron –Tuzay deb buzganing köngillar uyinQolgan yarim umring ötgaysan sarson.Uçinçi söz şulki, sokin, oğir böl,Sözu qarorlarda şoşma, hovliqma.Azob yetsa, kutgil, baxt kelsa, sir böl,Bir on vazminlikning izmidan çiqma.Kimdir çopib ötsa, yugurma sen ham,Qadaming tezlatma va sekinlatma.Kimdir manzilida aylasa bayram,Hasad qadahidan zarra ham totma!Şunçaki, har işning vaqti bor, bilgil,Bor bölgani kabi har joyning sözi.Fahmu farosatni maş’ala qilgil,Toki körib tursin köngilning közi.Şoşmagil, kötargay bir kuni XudoSenga yopiq turgan pardalarni ham.Şoşib ne’matlardan bölgaysan judo,Şoşib topganingdir yöqotiş, alam”.Uluğ zot nuridan közi qamaşib,Turib ta’zim etdi pokdomon yigit.Uning ham tanidan nur çiqdi toşib,Zotan, qalbga kirdi durdek uç ögit.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.