Til

Hikmat

Bir yigit ulğayib kelarkan, alhol,

Bir yigit ulğayib kelarkan, alhol,Kuç-qudrat haqida surardi xayol.Bir pirga uçragaç, söradi savol –“Qanday qilsam kuçli bölaman?” – deya.Tabassum ayladi ul piri komil:“Kuç bilan har maqsad emasdir hosil.Lek avlo quvvatga bölmoğing doxil,Sobitlik yaxşidir bamisli qoya.Zaifni heç qaçon körmagil haqir,Bilgilki, quvvatning buloğidir – sir.Agar egallasang, uç sir birma-bir,Senga mağlubiyat sololmas soya.Birinçi sir şulki, hamişa, ey jon,Şunday işing bölsin – Xudoga ayon,Boşqalar bilmasin uni heç qaçon,Barça madadlarga ul sirdir moya.Yana biri şulki, özing va mahramZotlardan boşqaga körmagan bahamSirlaring bölsinki, toki ğam, alamToşlari yoğmagay boşingga şoyad!Yana biri şulki, biror zot agarSirini işonsa, senga sar-basar,Foş etma birovga ölsang ham agar,Hayotingga bölsin bu adab ğoya.Sirlar qal’a kabi qöriqlar seni,Şunda yengolmagay oğriqlar seni.Rost yölga boşlar bu yöriqlar seni,Boşingda porlasin nuri hidoyat!”Akrom MALIK

3 490marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.