Til

Hikmat

Yoşi ulğayarkan, oqillar sekin

Yoşi ulğayarkan, oqillar sekinSözlar tugunini tugib boşlagay.Kelganu ketganga jilmayib sokin,Boşini ohista egib boşlagay.Şunday zotga borib navqiron yigitQalbida harorat, ayladi savol:"Neçun aytmagaysiz heç kimga ögit,Neçun sözlamoqni olgaysiz malol?.."Unga nazar soldi donişmand ustod,Kördi qanday sofdil, qanday pokiza.Jilmayib dediki: "Hayhotu hayhot,Dunyoda sözlamoq qoldimi bizga?..Kim böldikki, axir, jur’at aylasakKimgadir sözlamoq, bermoqqa adab?Döppini bir çetga qöyib öylasak,Sözlaşga topilmas jöyali sabab.Lekin goho azob yoqqaydir içdan,Alanga bağrida çidamoq duşvor.Sabru matonating qolganda kuçdan,Yiğlab sözlagaysan - holing beqaror.Şunda ohu vohing ma’zur, albatta,Şunda noçor seni mumkin keçirmoq.Yöqsa, neçun har dam sotmoq safsata?!Neçun odamlarga zahar içirmoq?!"Yigit dedi yana: "Ayo uluğ zot,Menga maşaqqatdir sizni tuşunmoq.Lekin sözingingizni qilib oldim yod,Tafakkur qilgayman hozir, bugunoq.Ammo ruxsat bering, bir söraşim bor,Javobin bilmasam, bağrim mening qon.Bugun dunyo uzra nedir ustuvor?Bugun qanday holda turibdi inson?""Payğambar bölsamki, bunday savolgaVahiy kelib, senga aylasam javob.Lekin qanday gözal, omadli holki,Qölimizda vahiy jamlangan kitob.Ilohiy kalomni etsang tadabbur,Haqiqat qalbingga qilgay tajallo.Hikmat durlarini kaşf etib bir-bir,Sözsizlik qa’riga şönğiysan, illo.Dunyoda yaşamoq emasdir oson,Lekin qiyin emas haddan taşqari.Haddini bilsa, bas, beçora inson,Eson-omon keçgay uşbu safari.Ammo zamonaning işlariga boq:Esini yöqotmiş odamzod bugun -Vohki, halokatga oçilmiş quçoq,Içdan toşib kelar şaytoniy junun.Ziyoda bölgaydir kundan kun qayğu,Odamzod har qaydan istar tantana.Şundoq ham dunyo bir zindon ediyu,Torayib borgaydir bu zindon yana.Ammo umidingni yöqotmagil heç,Özingni pok tutu, vafo ahli böl.Dunyoning alamli zillatidan keç,Mangu saodatu, baxtga haqli böl!.."Akrom MALIK

2 890marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.