Vatan
NIMA UÇUN BU MANZUMA BITILGANINI BAYON QILADI
Assalom, Bobojon, ey buyuk Sulton!Uluğ Sohibqiron, Yer yuzin xoni!Qasringiz gumbazi bu yetti osmon,Sizda adolatning şarafi, şoni.Siz Keşning farzandi, turkning tayançi,Balki mazlumlarning puştipanohi.Munofiq kazzoblar boşini yançib,Keçdingiz tavbakor zotlar gunohin.Rahmu şafqat, mardlik, ahdga sadoqat,Jasorat, şijoat, ötkir tafakkur –Yutuqdan sevinmay, sinovga toqatQila olgan Sizga ming bor taşakkur!Zotan, xizmatingiz hayratga bois,Qoşingizda loldir har qanday aql –Başar ahli Sizdek insofli xolisYana qay sultonni qilolgay naql?!Ezilgan bir xalqning içidan nogohÇaqmoq kabi porlab çiqdingiz, Bobo!Sizga orif zotlar bölmişki hamroh,Poyingizga titrab yiqildi dunyo.Balki yaralgandan buyon odamzodMinglab xonu xoqon, şohlarni körmiş.Kimdir qonxör edi, yana qaysi zotJahon imoratin uluğvor qurmiş.Ammo aqlu, adlu, insofu ixlos,Rahmu, fahmu, mehru, qahru matonat –Barini Xudoyim Sizga berib xos,Olamga körsatdi bemisl qudrat!Sizga nasib etgan iqbolu imkonKamdan kam körilgan to Sizga qadar.Ammo Sizdan keyin hali heç qaçonSizdek şohni qayta körmadi başar.Bugun qoşingizda boşimiz egik,Sizni tanimasdan qopladi ğaflat..Dunyoning sahnida köksimiz keribTurmoq-çun muhtojmiz, bergaysiz madad!Ayo Sohibqiron, ey uluğ hoqon,Ey şohlar podşohi, podşohlar faxri!Ey amiri Turkiston, maliki Turon,Sizga vatan bugun Samarqand bağri.Madad bering bizga – holimiz xarob,Nafsu şahvat domi boğlar böğzimiz.Sizning maqomingiz göyoki sarob,Kundan kun öçgudek sönggi çöğimiz.Keling, qölimizdan tuting, Qiblagoh,Taşlab qöymang bizni zindonu çohga.Yöl boşlang, söz ayting, dilda faryod, oh,Ergaşib yetaylik oliy dargohga!Eng avval aqlni peşlab, sayqallabQalbning közgusiga nur tuşsin, Bobo!Söng nafsning boşiga işq ötin qalab,Muhabbat kökida ruh uçsin, Bobo!Siz bitgan “Tuzuk”ka termiladi köz,Siz yurgan yöllarni izlaydi idrok.Sözingiz ustidan aytib bölmas söz,Sözingiz ma’nosin yodlasin atrok!Bugun sözingizga muhtojmiz köproq,Bugun sözlaringiz aqlimizga nur.To ozod qolmoği uçun bu tuproqŞartdir avval ozod bölmoği şuur.Sizning kalomingiz qutqargay dilniTurfa kişanlardan, qulliq, xorlikdan.Şul bois pok tutib dilni ham, tilni,Biz çiqmoq istadik zulmat, jarlikdan.Nazm gözal suvrat, yodlamoq – oson,Nazmda ma’nolar siqiq va mahkam.Şul bois, izningiz bölsa, Bobojon,Nabirangiz qölga olmişdir qalam.Ma’nosin qoçirib qöymay astoydilQutluğ “Tuzuk”ingiz şe’rga ögiray,Ögitingiz ila töla ekan dil,Uluğ jangohlarda şerdek ökiray!Bu şe’rni yodlasin yigitu qizlar,Bu baytlar-la çiqsin gödaklar tili.Kimki, uluğlikning yölini izlar –Uşbu manzumani hifz etsin dili.Şoyad qayta olsak ruhingizga biz,Şoyad topa olsak Sizni, Bobojon.Madad bering ravon yoğilsinki söz,“Tuzuk”lar nazmga evrilsin ravon!..Robbim, yozganimni Sen qabul etib,Va elning köngliga qilgaysan marğub!Öqigan qörquvu ğamni unutib,Ğanimning boşiga solsinlar oşub!Sening Habibingni sevgan Temurbek –Hazrat Sohibqiron hurmati Xudo,Köngilda ne tilak bölsa maqbul, nek,Hosil et barçasin, har ne muddao!..Bitganim nuqsini yaşir, Xudoyo,Fayzini ellarga ayla batamom.Uning yaxşiligin berib bu dunyo,Oxiratda yana körsatgil ikrom!Kimki duo qilsa, bizni, başarti,Har ne sörar ekan, biz uçun, yo Rab! –Şafqat-la ijobat aylab barçasin,Öziga ham bergil kelsa ne sörab!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.