Hayot
Qizlar komil bölsin dedik baralla,
Qizlar komil bölsin dedik baralla,Öz-özini boqsin bölmasdan muhtoj.Yaşasin qiynalmay qilib taralla,Oç qolmasa böldi hamda yalanğoç.Har ne ilm bölsa, örgatdik, mana,Örgatdik begona tilda sayraşni.Qonunlar hayotda qilsin tantana –Örgatdik tilini qanday qayraşni.Soçlar turmagiyu, yuzning pardozi,Qanday noz qilmakni, yurmak bexato;Qöşiq aytişni ham öynatib sozni,Örgatdik rahbarlik ilmini hatto.Mayli, gar qiziqsa, ovqat pişirsin,Mayli, tikiş tiksin – fitratida bor.Istasa, Parijni, Londonni körsin,Erkin fikrlasin, qilsin ixtiyor.Bugun komiladir, olimadir u,Mahorat topdiyu zamonaga mos,Erga sadoqatli bölmoq ilmi-yu,Xotinlik qilişni bilmaydi, xolos.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.