Til

Qalb juda nozik xilqat. Uni bir tomçi şabnamga qiyoslasakmikin? Tongda gulning bargini makon tutgan…

Qalb juda nozik xilqat. Uni bir tomçi şabnamga qiyoslasakmikin? Tongda gulning bargini makon tutgan… — rasm

Qalb juda nozik xilqat. Uni bir tomçi şabnamga qiyoslasakmikin? Tongda gulning bargini makon tutgan şabnamning titrab turişi köz oldingizga kelsin. Qalb ham şunday: titrab turadi, ozgina ğubor uni kirlaydi; halok bölişi oson – quyoş uni buğlab yuboradi; şamol uni tökib taşlaydi. Şabnamni şu pok va yarqiroq holida saqlaş naqadar murakkab bölsa, qalbni ham şaffof va tiniq holda asraş şu qadar maşaqqatdir. Qalb şudringini saqlaş uçun uni soqçilar bilan himoyalaş kerak. Birinçi soqçi aqldir. Aql qalbga keraksiz, kayfiyatni tuşiradigan sözlarni kiritmasin. Siz haqingizdagi ayrim ğiybatlar borki, ularni bilmasangiz, foydaliroq. Bilsangiz, faqat qayğuga tuşasiz. Va boşqalarning ham ayrim yomon işlari haqida ğiybatlar mavjudki, ulardan xabarsiz qolsangiz, heç narsa yöqotmaysiz. Ularni bilmagan, körmagan yaxşi. Odamlar haqida yaxşi gumon va fikrda bölmoq ular haqida çirkin haqiqatlarni bilib, köngil qolib, nafrat qilgandan yaxşiroqdir. Birovlarning xato va gunohlarini izlaş va bu haqida gap tarqatiş eng birinçi örinda öşa ğiybatçining öziga ziyon keltiradi – qalbi bundan çeksiz ozor çekadi. Ikkinçidan, bu fasodni tarqatişning bir yölidir. Uçinçidan, gunohkor bölsa-da, uni şarmanda etiş heç ham ma’qul emas, çunki tavba eşiklari oçiqdir. Albatta, bu örinda zulm boşqa masala – kimningdir zulmga uçrayotganini körgan odam zulmga qarşi kuraşmoği şart. Zulm heç qaçon murosa qilib bölmaydigan işdir. Inson istasa, istamasa, atrofidagi odamlar bilan boğlangandir. Odamlar bir-birlariga yordam beradilar va yordam köradilar. Agar insonlarning özaro yordam riştalari kesilsa, butun jamiyat baxtsizlikka mubtalo böladi. Yaxşilik işi heç qaçon töxtamasligi şart. Yaxşilikning eng a’losi – senga yomonlik qilganga yaxşilik qilişingdir. Bu yaxşilikni qilarkansan, minnat va qöpollikdan, kattazanlik va riyodan xoli bölmoq talab etiladi. Har qanday insonni yaxşilikdan tösuvçi omil – boşqalar haqida yomon gumon va xayolda bölmoqdir. “Falonçi sen haqingda bunday dedi!” – degan gap unga yaxşilik qilişdan har qanday odamni darhol töxtatadi, balki yomonlik qilişga rağbat beradi. Birgina gap bilan yaxşilik buloqlarining közini yopsa böladi. Inson öz oğziga egalik qilişdan ojiz-ku, boşqalarning oğzini berkitib bölarimidi? Demak, ğiybat va tuhmat sözlariga töğon quriş juda qiyin. Şu sababli insonning aql deb atalgan soqçisi har bir sözni tekşira olişi kerak. Buning uçun eşitilgan har jumlaga asir bölmay, uning haqiqat yoki yolğonligini bilmoq lozim. Başarti, bu imkonsiz bölsa, Xudoga bu işni havola etişi va ilohiy hikmat ila haqiqat yuzaga çiqişini kutmoği matlub. Şu sababli uluğlar bir tomonning söziga tayanib, xulosa çiqarma deyişgan. Ikkinçi tarafni ham tingla, balki haqiqat şu ikki söz örtasidadir?! Unday qila olmasang, sabr qil, kut. Daryoga çökkan ölik, albatta, yuzaga qalqib çiqadi. Asosiysi, qalbingni ehtiyot qil.

Akrom MALIK

1 980marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Oltinçi fasl Qaynopa, qayinsingil, ovsinlar va qudalar Kelinning masalasi faqat qaynona yoki qaynota, kuyovtöra bilan bitmaydi: bu yoqda qayin opa, qayin singil degan…

    5 daqiqaMumtoz oila

    Tahlil

    Uşbu hikoyatni öqib, bir neça holatlarni anglaş mumkin. Eng avvalda odamlar özgarmaganini biliş mumkin. Ya’ni, hikoyatda bir qattiqqöl ustoz bor va buni muallif juda yomon…

    1 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.